Muallif: SАMYAYEV АNVАR KАDIROVICH

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiya ta’limining maqsadi uning fan-texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohasida va kundalik hayotda tutgan o’rni bilan belgilanadi. Maktabda geografiya o’qitish va ta’limning umumiy maqsadlariga xizmat qilishi, ya’ni o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirishi va o’stirishi, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirishi hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilimlarni egallashi lozim.
Shu bilan birga fanning asosiy vazifasi tabiat va undagi hodisalar, atrofimizdagi olamga nisbatan ijobiy tuyg’ularni shakllantirish, tabiatni qadrlash, muhofaza qilish, o’lka tabiatiga muhabbat hissini uyg’otish, nazariy olgan bilimlarini amalda qo’llash mahoratini, Yer haqidagi ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni tarkib toptirish, dunyo davlatlari va turli regionlardagi jamiyat va tabiatni o’zaro bog’liqligi, geografik ob’ekt, jarayon va hodisalar haqidagi bilim va tushunchalar bilan qurollantirish, geografik madaniyatni tarbiyalash, Yer yuzining tabiiy manzarasi, tabiatdan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi turmush darajasini ko’tarish, atrof-muhit holatini yaxshilash vositalari va usullari haqida mantiqiy fikrlashga o’rgatishdan iboratdir.Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko’tarish, unga ilg’or pedagogic axborot texnologiyalarni joriy qilish, xamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.

2022-03-01 06:30:06 | ko'rishlar soni: 597 | Yuklab olindi: 338-marta