Muallif: Xayitmurodov Sh.S.

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy

Hozirgi davrda barkamol avlodning ta’lim-tarbiyasi davlat ahamiyatiga molik vazifalardan biridir. Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev bu haqda o‘z nutq va asarlarida[1,2,3,4] ta’kidlab, yosh avlodni fan asoslarini chuqur egallashlari va bunda umumta’lim maktablari muhim bosqich sifatida alohida e’tibor qaratilishi zarurligi haqida muhim vazifalarni ilgari surganlar. Shu sababdan matematika o‘qitish usullarini, shu jumladan algebra kursini o‘qitish sifat va samaradorligini oshirish vazifalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga sabab matematika fanini o‘qitishning maqsad va vazifalariga binoan umumta’lim maktablari o‘quvchilarining matematik bilim va ko‘nikmalarini mustaxkamlash va mantiqiy tafakkurini shakllantirish va bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat bo‘lib, bunda ayniqsa uzlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni o‘quv faoliyatida ijodiy qo‘llash, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish katta rol o‘ynaydi[15,16,17,19,21,24]. Bu esa algebra kursini o‘qitish usullari va mazmuniga muvofiq holda o‘quvchilarning nostandart matematik masalalarni echa olish ko‘nikmalarini rivojlantirishni, ayniqsa, algebraik tenglama va tengsizliklarni echaolishga o‘rgatish, ularning asosiy echish usullari bilan birga turli echish usullarini shakllantirishni talab etadi. Bunda turli o‘qitish usullari va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash muhim ahamiyatga ega.

2022-03-01 06:43:46 | ko'rishlar soni: 631 | Yuklab olindi: 285-marta