Muallif: N.A.Yunusova, Z.Sh.Pulatova. D.M.Ibodullayeva

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy

3
KIRISH
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yoʼlida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari boʼlmish yoshlarni ijodiy gʼoyalari va ijodkorligini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning bilim, koʼnikma va malakalarini shakllantirish hamda ilgʼor xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yoʼlda xalqaro tajribalarni oʼrganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yoʼnalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.
Shu maqsadda, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, taʼlim sifatini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilandi:
PIRLS – boshlangʼich 4-sinf oʼquvchilarining matnni oʼqish va tushunish darajasini baholash;
TIMSS – 4- va 8-sinf o’quvchilarining tabiiy-ilmiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonligini baholash;
TALIS – rahbar va pedagog kadrlarning umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida oʼqitish va taʼlim olish muhitini hamda oʼqituvchilarning ish sharoitlarini oʼrganish;
PISA – 15 yoshli oʼquvchilarning oʼqish, matematika va tabiiy yoʼnalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash.

2022-03-03 04:45:13 | ko'rishlar soni: 901 | Yuklab olindi: 697-marta