Muallif: SHODIYEVA J.X.
Chop etilgan yil: 2020
Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi
Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy
Kichik maktab yoshidagi bolalar jamoasida ijodiy faollikni shakllantirish ishlari metodik jihatdan to‘g‘ri yo‘naltirilganda jamiyatning komil insonga xos bo‘lgan fazilatlarni tarkib toptirishda ijobiy samaralarga erishish mumkin.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish o‘ta dolzarb masala bo‘lib hisoblanadi. Chunki kelajakda mamlakatimizning tayanchi bo‘lgan yoshlarni har tomonlama kamol toptirishimiz, aql-zakovatlarini o‘stirishimiz ko‘p jihatdan o‘quvchilar bilan olib borayotgan ishlarimiz, tadbirlarimizga bog‘liq. Shu jihatdan bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini tarbiyalash jarayoni zamonaviy ta`lim talablaridan kelib chiqqan holda yondashishni talab qiladi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ijodiy qobiliyat «rivojlantiruvchi o‘qitish» asosida ham shakllantirilishini tajriba ko‘rsatmoqda. Bolalarning qanaqa tug‘ilishi bu hech kimga bog‘liq emas, lekin har bir insonning yetarlicha rivojlanishi, yuqori darajaga erishishi, o‘ziga yoqqan mashg‘ulot bilan shug‘ullanishi va hayotda o‘z o‘rnini topishi, o‘z hayotini munosib o‘tkazishi, ta`limga bog‘liqdir.