Muallif: M.Nigmatova

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy

Mustaqillik O’zbekistonimizning ravnaqi bugungi yosh, yangi avlodning har tomonlama to’llaqonli, barkamol shaxs sifatida shakllanishiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Chunki davlat mustaqil fikrlaydigan, ruhi komil, dili pok insonlar tomonidan quriladi va mustahkamlanadi.
Kelajagimiz poydevori bo’lgan yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining” ahamiyati kattadir. Bu o’z navbatida O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinganligi hamda ushbu hujjatlar mohiyatiga ko’ra uzluksiz ta’lim tizimining shakllanganligi ta’lim –tarbiya asoslarini yaratishda muhim ahamiyat kasb yetadi.

Ongli yashaydigan har bir erkin fuqarorning bundan keying hayoti, uning fan, san’at, texnika va qishloq xo’jaligi sohasidagi faoliyat idrok qilish qobiliyatining yaxshi o’sgan bilimini olayotgan m’alumotlarga ish-harakat bilan tez javob berishini talab qilar ekan, buning uchun to’gri qabul qilish qobiliyatini maktabgacha yoshdanoq o’stirib borish zarur. Mabodo tug’ilganidan to uch yoshgacha bo’lgan davrda idrokning o’sishi uchun optimal bo’lgan muddat e’tibordan tushirib qoldirilgunidek bo’lsa sog’lom rivojlangan bola o’zining tengdoshlari orasida aqliy rivojlanishda orqaga qolishi mumkin.

2022-03-09 05:42:47 | ko'rishlar soni: 334 | Yuklab olindi: 95-marta