Muallif: O.Tuxtayev
Chop etilgan yil: 2020
Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi
Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy
Mamlakatimiz taraqqiyotida mustaqillikni mustahkamlashda o‘quvchilar tarbiyasining o‘rni nihoyatda beqiyosdir. Chunki jamiyat rivojlanishida inson omili muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq o‘quvchilar tarbiyasiga, ularning ma’naviyatini shakllantirishga alohida e’tibor berila boshlangan.
O‘quvchilar tarbiyasida hadislarning roli kattadir. Har bir o‘quvchini hadislar orqali milliy g`oya ruhida tarbiyalash hammamiz uchun muqaddas burchdir. Agar “tarbiya” tushunchasining tub ma’nosiga e’tibor beradigan bo‘lsak, bu - insonning o‘zi va o‘z xulqi haqidagi ta’savvurning to‘g`ri va xolis bo‘lishini ta’minlovchi murakkab jarayondir.
Ya’ni, tarbiyalangan odam tarbiyasiz odamdan shunisi bilan farq qiladiki, u o‘zini kim ekanini, amalga oshirayotgan kundalik xatti - xarakatlardan tiyadi va nazorat qiladi. Demak, har qanday tarbiyaning bosh me’zoni tarbiyalanuvchida o‘zi va o‘z fazilatlari haqida to‘g`ri tasavvurlarni shakllantirishdan, o‘zligini o‘z - o‘zini anglashdan iborat deyish mumkin. O‘quvchi yoshlarimizni o‘ktam, jasur, dovyurak qilib tarbiyalash, ularni Vatanni sevish, ona yurt uchun, mustahkamlash, mamlakatni yuksaltirish, yorug` va erkin hayot qurish kabi eng ulug` g`oya uchun har qanday da’vatga shay bo‘lishga o‘rgatish biz o‘qituvchilarning muqaddas burchidir.