Muallif: H.Qoraboyev

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy

O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarori e’lon qilindi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmunan qayta ko‘rib chiqilib, kompetensiyaviy yondashuv asosida amalga oshirilishi bеlgilandi.
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom” asosida tashkil etiladi.

2022-03-09 06:18:33 | ko'rishlar soni: 1159 | Yuklab olindi: 549-marta