Muallif: Z.Qarshieva

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi tufayli barcha sohalarda tub o‘zgarishlar yuz berdi. Bu o'zgarishlar uzluksiz ta’lim tizimiga ham tegishli bo‘lib, maktabgacha ta’lim zimmasiga alohida ma’suliyat yuklaydi. Respublikamizda maktabgacha ta’lim allaqachon davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Shu bois ta’lim tizimining ilk bo‘g‘iniga doir har qanday muammo davlat miqyosida hal qilinmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’lim tizimi tarbiyachilari bugungi kunda bolalarni maktabga tayyorlashning bazaviy dasturi hamda tajriba sinov jarayonida yuqori baholangan o‘quv metodik materiallarga ega. Mazkur dasturda bolalarni jismoniy rivojlantirish, nutq va tafakkurini shakllantirish, tevarak-atrof bilan tanishtirish kabi turli masalalar qamrab olingan.
Ma’lumki, bolalarni maktabga tayyorlashda ona tili muhim o‘rin tutadi. Ona tilini o‘rganish narsa va hodisalarni idrok etish, o‘zini qiziqtirgan masalalar to‘g‘risida fikr yuritish, o‘ylash nutq o‘stirirshni rivojlantirishga yordam beradi. Tovush va so‘zni to‘g‘ri talaffuz etish bola shaxsining shakllanishida katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ona tilini o‘rganishga oid mashg‘ulotlar jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini shakllantirishga alohida e’tibor berilmog‘i lozim.

2022-03-09 06:29:43 | ko'rishlar soni: 2077 | Yuklab olindi: 424-marta