Muallif: J.XUDOYQULOV

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy

Ma’lumki, har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorligi uning fuqarolarining aqliy va ahloqiy salohiyatini yuksak darajada rivojlanganligiga bog‘liq. Zero, jamiyatimizning ma’naviy yangilanishida, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishda jahon hamjamiyatiga qo‘shilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustuvor mezon sifatida muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov inson uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlari ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir-deb juda to‘g‘ri aytgan edi. Chunki, xalqning boy intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyaning yangi yutuqlari asosida mukammal tayyorgarlikdan o‘tgan kadrlarni tayyorlashning yangi tizimini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining muhim shartlaridan biri bo‘lib qoldi.

2022-03-09 09:02:58 | ko'rishlar soni: 5136 | Yuklab olindi: 4857-marta