Muallif: Z.Qarshiyeva

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy

Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni har tomonlama rivojlanishida predmetli muhit asosiy omillardan biridir. Maktabgacha yoshdagi bolalar har bir yoshda o‘zini o‘rab turgan muxitdan aynan o‘zini qiziqtirgan hayotiy malakani oladi. Muhit qanchalik toza va musaffo bo‘lsa bolaning inson sifatida hakllanishida shunday toza va musaffo ta’sir ko‘rsatadi. Lekin bu jarayonning o‘ziga xos qonuniyatlari mavjud. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘laqonli rivojlantirishda kattalarning ular bilan mazmunli suhbatlari va bolalikning predmetli muhiti bilan boyitish zarur. Bu bolalikning predmetli muhiti hisoblanadi.
Shunday qilib, predmetli muhit, o‘yinchoqlar, o‘yin vositalari, moddiy resurslar, jihozlar, ko‘rgazmali qurollar yordamida bolani aqliy, jismoniy, psixologik rivojlantirishga pedagogik ta’sir o‘tkazishni anglatadi.
Bolani rivojlantiruvchi muhit mazmun-mohiyatiga ko‘ra bolani aqliy, jismoniy va psixologik rivojlanishini ta’minlashi, takomillashtirishi, piravard natijada bolalikni rivojlantirishning predmetli muhitiga qo‘yilgan pedagogik talab va maqsadni ro‘yobga chiqarishi kerak. Predmetli muhitni pedagogik jarayonda muvoffaqiyatli qo‘llanma uchun uning variativligini ta’minlash kerak.

2022-03-09 10:17:51 | ko'rishlar soni: 1264 | Yuklab olindi: 307-marta