Muallif: Tolipova Tursuntosh Karshiyevna.

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim – o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir.
Mazkur masala bo‘yicha Yevropa Kengashi 1996-yilda ”Yevropa uchun tayanch kompetensiyalar” mavzusidagi Simpozium tashkil etib,unda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning uzluksiz ta’lim tizimi uchun dastlabki tayanch kompetensiyalar belgilangan Yevropa Parlamenti amaliy tajriba va takliflar asosida 2006-yil 18-dekabrda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Uzluksiz ta’lim tizimi jarayonida shakllantirilishi lozim bo‘lgan 8 ta tayanch kompetensiyalarni tavsiya qilgan. Bular quyidagicha nomlanadi:
1. Ona tilida muloqot qila olish.
2. Chet tilida muloqot qila olish.
3. Matematik savodxonlik, fan va texnikaga oid kompetensiyalar.
4. Informatsion texnoligiyalardan foydalanish.
5. O‘rganish uchun o‘qish va mustaqil bilim olish kompetensiyasi.
6. Ijtimoiy va fuqarolik kompetensiyasi.
7. Tashabbuskorlik va tadbirkorlik kompetensiyasi.
8. Turli madaniyatlar, qadriyatlarni tushunish va o‘z madaniyatiga ega bo‘lish.

2022-03-09 10:21:49 | ko'rishlar soni: 4852 | Yuklab olindi: 1164-marta