Muallif: Z.Qarshieva

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy

Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechirishi uchun hamisha asos bo‘lib keladi. Mehnat-faqat shaxsiy moddiy farovonlik manbayigina emas, balki el-yurtga xizmat qilish, vatanimiz gullab-yashnashi va uning qudratini oshirish manbayi hamdir.
Ota-bobolarimiz asrlar davomida mehnatni ulug‘lab kelishgan. Ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan ilmiy-badiiy kitoblar, me’morchilik obidalari, san’at asarlarining barchasi mehnatning mahsulidir.
Olim bolalarni eng kichik yoshdan mehnatga o‘rgatish metodlari, yo‘llari haqida fikr yuritib, shu bilan birga inson har tomonlama kamolga etishi uchun ilmli bo‘lishi ham kerak degan o‘oyani ilgari suradi.
Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir Alisher Navoiy mehnatsevarlikni chinakam insonning eng asosiy xususiyati deb bilgan. Mehnat kishini bezashini, uni har tomonlama kamol toptirishini yuksak ko‘tarinki ruh bilan ifoda etgan. Yosh avlodni sidqidildan mehnat qilishga, mehnatni qadrlashga chaqirgan.

2022-03-09 10:28:05 | ko'rishlar soni: 1016 | Yuklab olindi: 594-marta