Muallif: SHODIYEVA J.X.

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Insho - ijodiy ish: o‘quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozitsiyasi va rejasi haqida o‘ylash, logik bog‘lanishni belgilash, so‘z, so‘z birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o‘zaro bog‘lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o‘quvchidan aqliy kuchini to‘la ishga solish bilan birga, o‘z ma’naviy faoliyatini boshqarish ko‘nikmasini ham talab etadi.
Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo‘shiladi. O´quvchi inshoni, u mustaqil, ijodiy xarakterda bo‘lgani, «o‘ziniki»ni yozgani uchun ham sevadi.
Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan hikoyasi - inshoga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar yangi, o‘quvchilar nutqini o‘stirish, aqliy, ijodiy o‘sishiga mo‘ljallangan dasturga o‘tishi munosabati bilan uning ahamiyati yanada o‘sdi.

2022-03-10 04:00:27 | ko'rishlar soni: 513 | Yuklab olindi: 317-marta