Muallif: J.Xudoyqulov
Chop etilgan yil: 2020
Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi
Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy
Pedagogik texnologiya nima? Nega bu so’z birikmasi “yangi” so’zini qo’shimcha qilib, “yangi pedagogik texnologiya” deb ataymiz? U nima uchun bugungi ta’lim-tarbiya jarayonida zaruratga aylandi? Nega endi shuncha yillardan beri yarab kelgan ta’lim jarayonini loyihalashga yangicha yondashish zarur?
Bu kabi savollarga javob berish uchun, eng avvalo, mamlakatimizda “Ta’lim to’g’risidagi” qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ta’lim tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohatlarning asosiy yo’nalishlarini anglab olmoq lozim.
Bu yo’nalishlar:
- ta’lim mazmunini, tizimini isloh qilish;
- ta’lim tarbiya boshqaruvini isloh qilish;
- ta’limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish;
- ota-ona, o’qituvchi-o’quvchining ta’lim jarayoniga bo’lgan yangicha qarashlarini shakllantirish;
- tub islohatlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi – yangi pedagogik texnoligiyani amaliyotga tadbiq etishdan iborat.