Muallif: O.Tuxtayev
Chop etilgan yil: 2020
Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi
Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy
Bugun pedagoglarimizning eng muhim vazifasi nima degan savolga bir so‘z bilan “Komil insonni tarbiyalash”, deb javob berish mumkin. Biz o‘quvchilarimizni har tomonlama “Komil inson” qilib tarbiyalashimiz uchun juda ko‘p hadislardan va boshqa manbalardan foydalanishimiz kerak.
O‘quvchi yoshlarni “Komil inson” qilib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilingan.
Biz o‘quvchilarimizni “Komil inson”lar qilib tarbiyalash uchun ularning qalbida quyidagilarni shakllantira olishimiz kerak:
– fikrlash, ya’ni tafakkur madaniyatini shakllantirish, mushohadaga o‘rgatish;
– chuqur bilim va dunyoqarashga ega bo‘lish;
– mustaqil fikrlay olish;
– ezgulik va yovuzlik, sog`lom bunyodkor va buzg`unchi g`oyalarni ajrata olish;
– buyuk ajdodlarimizni tarixiy - ma’naviy merosini bilish, ijtimoiy hayot va Vatan ravnaqi yo‘lida ulardan foydalanish;
– o‘quvchilarda mardlik, g`ayratlilik, shijoatli bo‘lish, jasurlik, fidoyilik, vatanparvarlik, bunyodkorlik kabi fazilatlarini kamol toptirish va ularni qatiyat bilan amalda qo‘llay olish;
– bezorilik, jangarilik, axloqiy tubanlik, yolg`onchilik, o‘g`rilik illatlariga keskinkurasha olishga o‘rgatishimiz lozimdir.