Muallif: IBRAGIMOV A’LAMJON AMRILLOYEVICH

Chop etilgan yil: 2019

Nashriyot: “NAVRO‘Z” NASHRIYOTI

Chop etilgan shahar: TOSHKENT

Monografiyada xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish tizimini
modernizatsiyalash parametrlari, xususan, sohani ko‘p vektorli yondashuv
asosida takomillashtirish, tizimning barcha resurslaridan optimal
foydalanish, tinglovchilarning kasbiy ehtiyojlari, individual xususiyatlari,
imkoniyatlarini inobatga olgan holda malaka oshirishning turli shakllarini
erkin tanlashi, o‘z-o‘zini rivojlantirishi va mustaqil bilim olishini
rag‘batlantirishga qulay sharoitlar yaratish texnologiyalari haqida fikr
yuritilgan. Unda pedagogning kasbiy rivojlanishida ilmiy-metodik
kuzatuvning didaktik imkoniyatlari, ta’lim subyektlari hamkorligini
uyushtirish, malaka oshirish o‘quv mazmunini kasbiy ehtiyojlarga
asoslangan modulli shakllantirishda invariant va variativ tarkibni belgilash,
tegishli subyektlarning produktiv o‘zaro ta’sirini kuchaytirish va funksional
vazifalarini tizimlashtirish, pedagogning malaka oshirish faoliyatini
individuallashtirish darajalari (individual ta’lim dasturi, yo‘nalishi,
trayektoriyasi), individual ta’lim trayektoriyasini loyihalash, pedagogning
malaka oshirish yo‘l xaritasini tuzish va uni tatbiq qilishga oid tadqiqot
natijalari keng yoritilgan.

2022-11-08 06:52:19 | ko'rishlar soni: 291 | Yuklab olindi: 147-marta