Muallif: Samarqand viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi

Chop etilgan yil: 2022

Nashriyot: Samarqand viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazida

Chop etilgan shahar: Samarqand

Jahon hamjamiyatining jadal rivojlanishi barcha sohalarda innovatsion
yondashuvni talab etadi. Rivojlangan mamlakatlarda “ta’lim” barqaror taraqqiyotni
ta’minlaydigan asosiy omil sifatida e’tirof etilib, xalqaro tashkilotlar hamda
dunyoning aksariyat mamlakatlari tomonidan 2030 yilgacha belgilangan yangi
ta’lim konsepsiyasida “ta’lim oluvchilarni hayotga tayyorlash, ta’lim sifatini
baholash jarayoni va vositalarini takomillashtirish, erishilgan natijalarni aniqlash
imkonini beruvchi mexanizmlarni amaliyotga joriy qilish” dolzarb vazifa sifatida
belgilandi. Ta’limning fundamental bo‘g‘ini, umumiy o‘rta ta’lim sifatini
baholashga qaratilgan xalqaro baholash tadqiqot dasturlari PIRLS, TIMSS, PISA,
TALIS belgilangan davriylik asosida davlatlarning ta’limiy yutuqlari o‘zgarish
dinamikasini kuzatish, muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish
konsepsiyalarni ishlab chiqish imkonini beradi

2022-12-19 08:56:59 | ko'rishlar soni: 4409 | Yuklab olindi: 4279-marta