Muallif: SAMARQAND VILOYAT PEDAGOGLARINI YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY MARKAZI
Chop etilgan yil: 2023
Nashriyot: Samarqand viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi
Chop etilgan shahar: Samarqand
Zamonaviy taraqqiyotga erishayotgan mamlakatlarning bosib o‘tayotgan
qadamlariga diqqat qilinsa, ilmiy-tadqiqot va boshqa turdagi ta’lim muassasalarida
innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, uni integratsiyalash orqali takomillashtirib
borish pedagogik faoliyatda strategik rivojlanishning muhim omili sifatida
qaralmoqda. Ta’lim sohasida innovatsiyalarni yaratish, o‘zlashtirish va tarqatish
asosida ochiq, moslashuvchan, individuallashgan, yangi bilimlarni yaratuvchi
zamonaviy pedagogik texnologiyalar kirib kelmoqda. Bunday jarayonning
jadallashuvida maktabgacha va maktab ta’limining o‘rni juda muhim.