Muallif: Pirnazar DAVRONOV
Chop etilgan yil: 2022
Nashriyot: “QAMAR MEDIA” NASHRIYOTI
Chop etilgan shahar: TOSHKENT
Mazkur metodik qo‘llanmani yozishdan maqsad, insonlarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashish asosida jamiyat, mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shishdan iborat. Shu ma’noda maktab matematikasini o‘qib-o‘rganuvchi o‘qituvchilar, ayniqsa repetitorlik qiluvchi hamkasblar, maktabdan keyingi ta’limga tayyorgarlik ko‘ruvchi o‘quvchilar davlat test markazi tomonidan nashr etilgan axborotnomalardagi misol va masalalarni yechishda biror qiyinchlikka duch kelishsa, biz yozgan kitoblardan foydalanishlari qulay bo‘ladi.