Muallif: TOLIPOVA T. K. DJURAYEVA SH. E.

Chop etilgan yil: 2021

Nashriyot: Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi

Chop etilgan shahar: Samarqand

Innovatsion iqtisod uchun poydevor bo‘lib hisoblangan zamonaviy texnologiyalar barcha sohalardagi kadrlar oldiga yangi talablarni qo‘ymoqda. Ushbu talablar nafaqat ta’lim sifatini yaxshilash, shuningdek, atrof-olamdagi real muammolarning yangi yechim yo‘llariga tayyor bo‘lgan kadrlarni tayyorlashga yangicha yondashuvlarni taqozo etmoqda.
Yurtimizda ta’lim sifati va natijasiga alohida e’tibor qaratilayotgan bir paytda ta’lim metodlarini takomillashtirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish borasidagi asosiy vazifalardan biri o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, ijodiy tafakkur jarayonlarini munosib tashkil etish, interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilish, o‘quvchilarning loyihaviy faoliyatini yo‘lga qo‘yishdir. “Loyihalar” metodini qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, vaziyatni baholash ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
STEAM – tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika fanlarini mutanosib o‘qitish uslubi.

2023-05-23 07:24:01 | ko'rishlar soni: 668 | Yuklab olindi: 329-marta