Muallif: TOLIPOVA TURSUNTOSH KARSHIYEVNA
Chop etilgan yil: 2021
Nashriyot: Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi
Chop etilgan shahar: Samarqand
O‘zbekiston Respublikasi umumtaʼlim muassasalarining ta’lim oluvchi yoshlari 2021-yildan boshlab xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etadi. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli qarori qabul qilindi. Unga asosan 9-sinf oʻquvchilari PISA, boshlangʻich sinf oʻquvchilari PIRLS, 4- va 8-sinf o‘quvchilari TIMSS xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishi va bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilandi.
PIRLS – (inglizcha – Progressin International Reading Literacy Study – matnni oʻqish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot) xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat boʻlgan davlatlardagi boshlangʻich maktab oʻquvchilarining matnni oʻqish va qabul qilish boʻyicha tayyorgarligi hamda oʻquvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab boʻluvchi ta’lim tizimidagi oʻziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta’limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, oʻqituvchilar, ota-onalar v ajamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.Ushbu sinov turi har 5 yilda bir marta oʻtkazishga moʻljallangan.