Muallif: Oripov Jamshid Yaxshiboyevich Xalmurodova Xilola Yusupovna

Chop etilgan yil: 2023

Nashriyot: Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi

Chop etilgan shahar: Samarqand

Mazkur uslubiy qo‘llanmada axborot xuruji tushunchasi va uning mazmun-mohiyati, yoshlarda axloqiy immunitetni shakllanirishda ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida axborot xurujlariga qarshi axloqiy immunitetini shakllantirishga qaratilgan faoliyatning yo‘nalishlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida axborot xurujlariga qarshi axloqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish tartiblari va umumiy o‘rta ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya jarayonini tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslari hamda oliy ta’lim muassasalarida talaba yoshlarda axborot xurujlariga qarshi axloqiy immunitetni shakllantirishning prinsipial qoidalari, borasida fikr-mulohazalar yoritib berilgan. Shuningdek, “Yoshlarda axborot xurujlariga qarshi axloqiy immunitetni shakllantirishda ta’lim tizimining o‘rni” mavzusi yuzasidan nazariy va amaliy topshiriqlarni bajarishga doir tegishli topshiriq va tavsiyalar ilgari surilgan.
Ushbu uslubiy qo‘llanma “Tarbiya” fani mutaxassislik modullarining uzviy, tarkibiy qismi sifatida nafaqat “Tarbiya” fani o‘qituvchilari malakasini oshirish kursi tinglovchilari, balki umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitishda muayyan mavzularni o‘qitishda foydalanish mumkin.

2023-05-24 10:32:40 | ko'rishlar soni: 803 | Yuklab olindi: 617-marta