Muallif: URINBAYEVA DILBAR BAZAROVNA

Chop etilgan yil: 2022

Nashriyot: “QAMAR MEDIA” NASHRIYOTI

Chop etilgan shahar: TOSHKENT

Monografiyada matnning lingvostatistik xususiyatlari, jumladan fonetik, leksik va morfologik birliklarning folklor matnlarida qo‘llanishi, folklor asarlari tilini kompyuter yordamida statistik qayta ishlash natijasida chastotali lug‘atning turli zonalarida ehtimoliy va kam qo‘llangan so‘z shakllari asosida matnni to‘ldirish yo‘llari, so‘z shakllarining o‘rtacha qaytalanishi va sintetizm koeffisentlari asosida matnda ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati, matnni lingvistik individualligi haqida fikrlar o‘z aksini topgan. Tanlanma matnlardagi so‘z turkumlari va ularning grammatik ko‘rsatkichlari kvantitativ tahlili etilib, o‘ziga xos tipologik tabiati, janriy xususiyatlari yoritilgan va doston, maqol, topishmoq, ertak va qo‘shiqlar matnlardagi so‘zshakllarning lingvopoetik imkoniyatlari aniqlanib, badiiy-estetik qimmati isbotlangan.
Monografiya oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, kompyuter tilshunosligi bo‘yicha qiziquvchilar, talabalarga mo‘ljallangan.

2023-06-07 04:54:46 | ko'rishlar soni: 879 | Yuklab olindi: 539-marta