Muallif: Yuldosheva Saodat
Chop etilgan yil: 2020
Nashriyot: Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi
Chop etilgan shahar: Samarqand
Mazkur uslubiy qo‘llanma Amerika kengashining ”Fulbrayt” dasturi asosida O’zbekistonda STEM fanlarining o’quv reja va dasturlarini takomillashtirish, o‘qituvchilarni maktab bazasida STEM yondashuv bilan tanishtirish hamda ularda STEM (STREM, STEAM) ta’lim metodlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini rivojlantirish bo’yicha olib borilgan seminar-treninglar asosida yaratilgan.
Qo‘llanmada STEM xalqaro tadqiqotining mazmun-mohiyati, uning asosiy tushunchalari, topshiriqlar va ularning tavsifi, yechish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Taqdim etilayotgan materiallar umumta’lim maktablari rahbarlari, o‘qituvchilar, pedagog kadrlarni qayta tayyoqlash va malakasini oshirish markazlari, trenerlik faoliyatini amalga oshirayotgan mutaxassislar, shuningdek, mustaqil o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan.