Muallif: MANNABOV JAVLON TOXIROVICH

Chop etilgan yil: 2023

Nashriyot: SamDCHTI” nashriyoti”

Chop etilgan shahar: Samarqand

Monografiyada Masofaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchilarning texnologik kompetentligini takomillashtirish, Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilishi natijasida pedagog xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Xalq ta’limi sohasidagi uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlarida “Xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish bo‘yicha ehtiyojlarini o‘rganish, an’anaviy malaka oshirish bilan bir qatorda kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, masofaviy va boshqa turlari joriy etish” belgilangan. Bu esa o‘qituvchilarning internet texnologiyalari sohasidagi texnologik kompetentligi mohiyatini yoritish, o‘quv-uslubiy majmualarni va tarmoq o‘quv resurslarini yaratish, ijobiy natijalarni umumlashtirish, muammoli vaziyatlarni hal qilishda mutaxassislarni samarali va maqbul harakatlarga o‘rgatish muammosini dolzarblashtirаdi.
Monografiyadan umumta’lim maktablari o‘qituvchilari, oliy o‘quv yurti talabalari, malaka oshirish kurslari tinglovchilari hamda mustaqil ta’lim oluvchilar foydalanishlari mumkin.

2023-08-22 04:09:09 | ko'rishlar soni: 778 | Yuklab olindi: 511-marta