Muallif: J.S.Julmatova

Chop etilgan yil: 2023

Nashriyot: Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi

Chop etilgan shahar: Samarqand

Musiqiy terapiya- bu terapevtik vosita sifatida musiqadan foydalaniladigan psixoterapevtik usul. “Musiqa terapiya” atamasi yunon-lotin tilidan kelib chiqqan va tarjimada “musiqa bilan davolash” degan maʼnoni anglatadi. „Musiqa terapiya“ tushunchasining koʻplab taʼriflari mavjud. Olimlarning katta qismi musiqa terapiyasini psixoterapiyaning yordamchi vositasi, bemorlarni murakkab terapevtik usullardan foydalanishga maxsus tayyorlash vositasi deb bilishadi. Boshqa mualliflar musiqa terapiyani quyidagicha belgilaydilar:
• Somatik va ruhiy kasalliklarga chalingan bolalar va kattalarni davolash, reabilitatsiya qilish, oʻqitish va tarbiyalashda musiqadan nazorat ostida foydalanish;
• Kasallik yoki ruhiy buzilishlarning fiziologik va psixologik jihatlarini davolash uchun musiqadan tizimli foydalanish;
• Ijodiy kuchlar va pedagogik-tarbiyaviy ishlarni optimallashtirish vositasi.

2023-10-12 08:33:01 | ko'rishlar soni: 883 | Yuklab olindi: 619-marta