Muallif: Sh. Abduyev.
Chop etilgan yil: 2023
Nashriyot: Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi
Chop etilgan shahar: Samarqand
Algoritm tushunchasi. A l g o r i t m – bu masalani yechish usullarini izohlashdir, yoki boshqacha qilib aytganda, kutilayotgan natijalarni shaxsiy kompyuter tomonidan olish uchun bajarilayotgan hisoblash jarayolarining ketma-ketliklaridir. Algoritm - bu biror masalani yechish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan buyruqlarning tartiblargan ketma-ketligidir. Har bir algoritm aniq va tugallangan qadamlarga bo‘lingan bo‘lishi kerak. «Axborot-kommunikasiya texnologiyalari» izohli lo‘g‘atida quyidagi ta’riflar keltirilgan:
1. Vazifani bajarishga qaratilgan aniq belgilangan qoidalarning tartiblangan chekli to‘plami.
2. Dastlabki ma‘lumotlarni oxirgi natijaga o‘tkazuvchi xisoblash jarayoni orqali masala yechimini aniq ko‘rsatuvchi amallar mazmuni va ketma-ketligi. Algoritm dеb, masalani еchish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan amallar kеtma-kеtligini aniq tavsiflaydigan qoidalar tizimiga aytiladi.