Muallif: D.B.URINBAYEVA

Chop etilgan yil: 2024

Nashriyot: Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi

Chop etilgan shahar: Samarqand

NAVOIYNING SHARQONA STEM YONDASHUVI
Ma’lumki, keyingi yillarda ta’limga STEM atamasi kirib keldi. Mazkur atama AQSH da ilk bor 2001-yillarda maktab dasturiga kiritilgan bo‘lib, o‘quvchilarning ilmiy-texnika yo‘nalishlarida kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan. STEM - ta’limni haqiqiy hayot bilan bog‘lovchi texnologiya. STEM yondashuvining asosiy g‘oyasi: amaliyot nazariy bilim kabi juda muhimdir. Mazkur atamada S – fan, T – texnologiya, E – muhandislik,  M – matematika fanlarining integratsiyasi inobatga olinadi. Ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitishda STEMga (R - reading) o‘qish ko‘nikmalarini qo‘shish juda muhim. STREM tanqidiy fikrlash va ijodkorlik bilan bir qatorda o'qish va yozishni ham o'z ichiga oladi. STREM yanada qulayroq va inkluziv ta'lim olish uchun katta imkoniyatlarga ega.

2024-02-16 04:52:45 | ko'rishlar soni: 235 | Yuklab olindi: 115-marta