Muallif: A. Ibragimov

Chop etilgan yil: 2019

Nashriyot:

Chop etilgan shahar: Samarqand

SO‘Z BOSHI
Jamiyatimizning hamma sohalar kesimida shiddat bilan taraqqiy etishi bevosita insoniyat tafakkurining o‘sishi, faoliyatining serqirraligi va jadallashuviga bog‘liq. Zamon talablari bilan hamqadam bo‘lib, soha rivojiga o‘z vaqtida hissa qo‘sha oladigan, yangidan yangi g‘oyalarni amaliyotga joriy eta oladigan kadrlarga kundan kun ehtiyoj ortmoqda. Jumladan, ta’lim tizimining har bir bo‘g‘inida intellektual raqobatbardosh kadrlarni etishtirish masalasi dolzarblikni kasb etib, bu masalaga jiddiy yondashuvni taqozo etmoqda. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev tomonidan o‘z vaqtida qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 2019-yilning 29-apreldagi Farmoni Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish uchun yo‘l xaritasini belgilab berdi. Uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish, maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish, ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish kabi vazifalarni amalga oshirish qayd etildi.

2019-10-19 05:18:59 | ko'rishlar soni: 3569 | Yuklab olindi: 3255-marta