Muallif: KADIROV TULKIN BAXRIDINOVICH
Chop etilgan yil: 2023
Nashriyot: Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi
Chop etilgan shahar: Chirchiq
Jahonda axborot va raqamli texnologiyalarning jadal taraqqiyoti jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olmoqda. Ta’lim tizimida mediatexnologiyalardan keng foydalanish jamiyatda axborot madaniyatini shakllantirishning pedagogik ilmiy asoslarini yaratishni taqozo etadi. Shu sababli, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida axborotlar oqimining xilma-xilligi jahon internet axborot tarmog‘i, multimedia vositalaridan ta’lim tizimida foydalanishga asosiy kompetensiya sifatida qaralmoqda. Xalq ta’limi xodimlari uchun “Professional development” tamoyili asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida mediatexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga ustuvorlik berilmoqda.
Dunyoda o‘qituvchilarning mediakompetensiyasini rivojlantirish YuNESKO tavsiyalarida ko‘rsatilgan bo‘lib, mediavositalarni tanlashda o‘qituvchilarning mediakompetentligini rivojlantirishga e’tibor qaratilgan. Jamiyatni manipulyatsiya qilinishi mediaga bo‘lgan ehtiyojini orttirdi. Mazkur tadqiqotlar “media-axborot kompetentligining rivojlanishi axborotlashgan jamiyat davrida dezinformatsiya”1ga chalg‘imaslik va axborotdan to‘g‘ri foydalanishni targ‘ib qiladi. Shuning uchun AKTdan ta’lim jarayonida zarur axborotlarni tegishli manbalar asosida topish, o‘rganish hamda qayta ishlab foydalanishga ehtiyoj sezilmoqda.