Muallif: Urinbayeva Dilbar Bazarovna

Chop etilgan yil: 2024

Nashriyot: Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi

Chop etilgan shahar: Samarqand

O‘tgan asrning o‘rtalarida vujudga kelgan turli nazariyalar, qarashlar, o‘quv faoliyati va ta’limning talqinlari, nafaqat, pedagogik tajribani, balki psixologiya fanining tarmog‘ini ilmiy-amaliy boyitishga asos bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda o‘quv materialini o‘zlashtirishning mexanizmlari (S.L.Rubinshteyn); haqida (P.I.Zinchenko, A.A.Smirnov); tafakkur (N.F.Shemyakin, A.M.Matyushkin); idrok (Yu.B.Gippenretter); bolalarda nutqning rivojlanishi (M.I.Lisina, A.A.Venger); shaxsning rivojlanishi (B.G.Ananyev, V.S.Muxina); muloqot va nutq (V.A.Artemov, A.A.Leontev); psixik rivojlanishi (A.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, A.V.Petrovskiy); o‘quvchilarning aqliy faoliyati va iste’dod muammolari (A.A.Bodalev, V.A.Kruteskiy)ga bag‘ishlangan qator ilmiy tadqiqotlar o‘z fanining yanada rivojlanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqda.

2024-02-23 06:01:51 | ko'rishlar soni: 53 | Yuklab olindi: 15-marta