Yangi kitoblar

 

“Innovatsiya” tushunchasi lotin tilidan olingan bo‘lib (in-ga, novus-yangi),
ya’ni tarjimasi “yangilanish”, “o‘zlashtirish”, “qandaydir yangilikni kiritish”,
“yangini joriy qilish”, “yangilik kiritish”. O‘z navbatida “yangi” so‘zi ushbu
tushunchaning asosiy yadrosini tashkil etadi.

2023-12-11 04:37:30 | ko'rishlar soni: 223 | Yuklab olindi: 94-marta

Musiqiy terapiya- bu terapevtik vosita sifatida musiqadan foydalaniladigan psixoterapevtik usul. “Musiqa terapiya” atamasi yunon-lotin tilidan kelib chiqqan va tarjimada “musiqa bilan davolash” degan maʼnoni anglatadi. „Musiqa terapiya“ tushunchasining koʻplab taʼriflari mavjud. Olimlarning katta qismi musiqa terapiyasini psixoterapiyaning yordamchi vositasi, bemorlarni murakkab terapevtik usullardan foydalanishga maxsus tayyorlash vositasi deb bilishadi. Boshqa mualliflar musiqa terapiyani quyidagicha belgilaydilar:
• Somatik va ruhiy kasalliklarga chalingan bolalar va kattalarni davolash, reabilitatsiya qilish, oʻqitish va tarbiyalashda musiqadan nazorat ostida foydalanish;
• Kasallik yoki ruhiy buzilishlarning fiziologik va psixologik jihatlarini davolash uchun musiqadan tizimli foydalanish;
• Ijodiy kuchlar va pedagogik-tarbiyaviy ishlarni optimallashtirish vositasi.

2023-10-12 08:33:01 | ko'rishlar soni: 329 | Yuklab olindi: 191-marta

Muloqot - odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir  Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayiraboshlashni o‘z ichiga oladi.

2023-10-10 10:37:05 | ko'rishlar soni: 269 | Yuklab olindi: 154-marta

Ўқув-услубий қўлланмада “Бошланғич таълим, спорт ва тарбиявий иш”, “Математика таълими”, “Физика таълими” ва “Меҳнат (Технология) таълими” йўналишлари мисолида умумкасбий фанлар таълим-тарбия жараёнини касбий-педагогик йўналтирилганлик асосида ташкил этиш билан боғлиқ масалалар ўрганилган.
Шунингдек, ўқув-услубий қўлланмада бўлажак педагогик кадрларни улуғ мутаффакир ва алломаларнинг бой илмий мероси билан таништириш орқали уларни маънавий тарбиялаш бўйича тавсиялар берилган.

2023-10-03 09:45:18 | ko'rishlar soni: 180 | Yuklab olindi: 63-marta

Қўлланманинг мақсади. Умумий ўрта таълим мактаб ўқитувчиларини халқ оғзаки ижоди асарлари жанрлари – лирик (қўшиқ), эпик (эртак, достон), махсус тур (топишмоқ, мақол)ларнинг назарий асослари, ўзига хосликлари тўғрисида умумий тушунча бериш, уларни ўқитишни ташкил этиш, ўргатишда инновацион педагогик технологиялардан фойдаланиш услубиёти билан таништириш, шунингдек амалиётда қўллай олишларига замин яратиш.
Қўлланманинг вазифалари қуйидагилардан иборат:
 лирик, эпик ва махсус тур жанрилари ҳақида тасаввурга эга бўлиши керак.
 лирик, эпик ва махсус тур жанрларини ўқитишда қўлланиладиган инновацион технологияларни билиши ва уларни амалиётда қўллай олиши лозим.
 халқ оғзаки ижоди асарлари, яъни қўшиқ, мақол, топишмоқ, эртак, достон жанрларини ўқитишда мустақил таълим, лаборатория машғулотлари ва назорат топшириқларидан фойдаланиш кўникмаларини эгаллашлари лозим.
Қўлланмада келтирилган инновацион педагогик технологиялардан фойдаланилган ҳолда машғулот ўтказиш услубиётини ҳар бир педагог ўз ўқитаётган фани ва предметининг мазмуни, мақсади, мавжуд шароити, ўқувчиларнинг имконияти ва эҳтиёжларидан келиб чиққан ҳолда ўзгартириши ёки шу технологиялар асосида ўзларининг технологияларини яратиши ва улардан ўқув-тарбия жараёнида фойдаланишлари мумкин.
Мазкур ўқув қўлланма олий ва ўрта махсус касб-ҳунар таълими, умумий ўрта таълим муассасалари педагоглари, халқ оғзаки ижоди асарларини ўқитиш муаммолари билан қизиқувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.

2023-09-29 06:24:48 | ko'rishlar soni: 157 | Yuklab olindi: 92-marta

Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi professori Davronov Pirnazar Ziyatovichning umumiy hisobda 51-, 2023-yil hisobida 15,25 bosma taboq hajmidagi ikkinchi “Jom qislog‘i maorifi” nomli kitobi nashrdan chiqdi.

Kitobda Jom qishlog‘I maorifining taraqqiyot yo’li tarixi, jomlik olimlar, Jomning fidoyi o‘qituvchilari va risola mualliflari tog‘risida m‘lumotlar keltirilgan.

Kitobning so‘z boshisi quyidagicha yakunlangan:

Ushbu risola Pedagogika markazi direktori, professor Ibragimov A’lamjon Amrilloyevichning tashabbusi asosida tashkil etilayotgan muzey fondiga qoʻshadigan kamtarona hissamiz sifatida yozildi.

2023-09-22 05:48:54 | ko'rishlar soni: 441 | Yuklab olindi: 322-marta

Ushbu uslubiy ko‘rsatmada hozirgi vaqtda ta’lim qatnashchilari o‘rtasida dolzarb bo‘lib b o‘rayotgan muloqot madaniyati, kommunikativ ko‘nikmalarning ahamiyati yoritib berilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kommunikativ kompetensiyani shakllantirishda turli xil trening mashg`ulotlarini tashkil etishning samarali yo‘llari taklif etilgan. Mazkur ko‘rsatma boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.

2023-06-19 10:29:13 | ko'rishlar soni: 507 | Yuklab olindi: 203-marta

Ushbu uslubiy qo‘llanma umumta’lim maktablari, ko‘zi ojizlar maxsus maktab internati ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari va o‘quvchilariga fanni o‘qitish jarayonida oz bo‘lsa-da ko‘mak beradi, degan umiddamiz.

2023-06-13 08:38:24 | ko'rishlar soni: 268 | Yuklab olindi: 151-marta

Mazkur izohli-kombinator lug‘at Ulug‘bek Hamdamning “Muvozanat” asari matni asosida yaratilgan bo‘lib, unda 105 yaqin so‘zlar, ularning boshqa so‘zlar bilan kombinatsiya qilishi, matnlarda qo‘llanish darajasi (chastotasi) keltirilgan. Lug’atda so‘zlarining leksik va grammatik tabiatini tasvirlashda kod tizimidan foydalanib formallashtirish maqsad qilib qo‘yilgan.
Izohli-kombinator lug‘at sohaga qiziquvchilari va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

2023-06-12 05:15:53 | ko'rishlar soni: 267 | Yuklab olindi: 59-marta

Ushbu uslubiy qo‘llanma sinf rahbarlarining kasbiy kompetenliklarini oshirishda malaka oshirish kurslari hamda mustaqil kasbiy rivojlanish trayektoriyasi ishlab chiqilgan.
Shuningdek, unda boshlang‘ich va yuqori sinf rahbarlari (malaka oshirish kurs tinglovchilari) uchun amaliy ishlarda foydalanish masalalari yoritilgan.
Uslubiy qo‘llanma malaka oshirish tinglovchilari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilariga mo‘llangan.

2023-06-08 09:55:15 | ko'rishlar soni: 1687 | Yuklab olindi: 1140-marta