Yangi kitoblar

 

Қўлланманинг мақсади. Умумий ўрта таълим мактаб ўқитувчиларини халқ оғзаки ижоди асарлари жанрлари – лирик (қўшиқ), эпик (эртак, достон), махсус тур (топишмоқ, мақол)ларнинг назарий асослари, ўзига хосликлари тўғрисида умумий тушунча бериш, уларни ўқитишни ташкил этиш, ўргатишда инновацион педагогик технологиялардан фойдаланиш услубиёти билан таништириш, шунингдек амалиётда қўллай олишларига замин яратиш.
Қўлланманинг вазифалари қуйидагилардан иборат:
 лирик, эпик ва махсус тур жанрилари ҳақида тасаввурга эга бўлиши керак.
 лирик, эпик ва махсус тур жанрларини ўқитишда қўлланиладиган инновацион технологияларни билиши ва уларни амалиётда қўллай олиши лозим.
 халқ оғзаки ижоди асарлари, яъни қўшиқ, мақол, топишмоқ, эртак, достон жанрларини ўқитишда мустақил таълим, лаборатория машғулотлари ва назорат топшириқларидан фойдаланиш кўникмаларини эгаллашлари лозим.
Қўлланмада келтирилган инновацион педагогик технологиялардан фойдаланилган ҳолда машғулот ўтказиш услубиётини ҳар бир педагог ўз ўқитаётган фани ва предметининг мазмуни, мақсади, мавжуд шароити, ўқувчиларнинг имконияти ва эҳтиёжларидан келиб чиққан ҳолда ўзгартириши ёки шу технологиялар асосида ўзларининг технологияларини яратиши ва улардан ўқув-тарбия жараёнида фойдаланишлари мумкин.
Мазкур ўқув қўлланма олий ва ўрта махсус касб-ҳунар таълими, умумий ўрта таълим муассасалари педагоглари, халқ оғзаки ижоди асарларини ўқитиш муаммолари билан қизиқувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.

2023-09-29 06:24:48 | ko'rishlar soni: 357 | Yuklab olindi: 175-marta

Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi professori Davronov Pirnazar Ziyatovichning umumiy hisobda 51-, 2023-yil hisobida 15,25 bosma taboq hajmidagi ikkinchi “Jom qislog‘i maorifi” nomli kitobi nashrdan chiqdi.

Kitobda Jom qishlog‘I maorifining taraqqiyot yo’li tarixi, jomlik olimlar, Jomning fidoyi o‘qituvchilari va risola mualliflari tog‘risida m‘lumotlar keltirilgan.

Kitobning so‘z boshisi quyidagicha yakunlangan:

Ushbu risola Pedagogika markazi direktori, professor Ibragimov A’lamjon Amrilloyevichning tashabbusi asosida tashkil etilayotgan muzey fondiga qoʻshadigan kamtarona hissamiz sifatida yozildi.

2023-09-22 05:48:54 | ko'rishlar soni: 3611 | Yuklab olindi: 3214-marta

Ushbu uslubiy ko‘rsatmada hozirgi vaqtda ta’lim qatnashchilari o‘rtasida dolzarb bo‘lib b o‘rayotgan muloqot madaniyati, kommunikativ ko‘nikmalarning ahamiyati yoritib berilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kommunikativ kompetensiyani shakllantirishda turli xil trening mashg`ulotlarini tashkil etishning samarali yo‘llari taklif etilgan. Mazkur ko‘rsatma boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.

2023-06-19 10:29:13 | ko'rishlar soni: 1023 | Yuklab olindi: 556-marta

Ushbu uslubiy qo‘llanma umumta’lim maktablari, ko‘zi ojizlar maxsus maktab internati ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari va o‘quvchilariga fanni o‘qitish jarayonida oz bo‘lsa-da ko‘mak beradi, degan umiddamiz.

2023-06-13 08:38:24 | ko'rishlar soni: 571 | Yuklab olindi: 280-marta

Mazkur izohli-kombinator lug‘at Ulug‘bek Hamdamning “Muvozanat” asari matni asosida yaratilgan bo‘lib, unda 105 yaqin so‘zlar, ularning boshqa so‘zlar bilan kombinatsiya qilishi, matnlarda qo‘llanish darajasi (chastotasi) keltirilgan. Lug’atda so‘zlarining leksik va grammatik tabiatini tasvirlashda kod tizimidan foydalanib formallashtirish maqsad qilib qo‘yilgan.
Izohli-kombinator lug‘at sohaga qiziquvchilari va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

2023-06-12 05:15:53 | ko'rishlar soni: 518 | Yuklab olindi: 152-marta

Ushbu uslubiy qo‘llanma sinf rahbarlarining kasbiy kompetenliklarini oshirishda malaka oshirish kurslari hamda mustaqil kasbiy rivojlanish trayektoriyasi ishlab chiqilgan.
Shuningdek, unda boshlang‘ich va yuqori sinf rahbarlari (malaka oshirish kurs tinglovchilari) uchun amaliy ishlarda foydalanish masalalari yoritilgan.
Uslubiy qo‘llanma malaka oshirish tinglovchilari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilariga mo‘llangan.

2023-06-08 09:55:15 | ko'rishlar soni: 2450 | Yuklab olindi: 1766-marta

Monografiyada matnning lingvostatistik xususiyatlari, jumladan fonetik, leksik va morfologik birliklarning folklor matnlarida qo‘llanishi, folklor asarlari tilini kompyuter yordamida statistik qayta ishlash natijasida chastotali lug‘atning turli zonalarida ehtimoliy va kam qo‘llangan so‘z shakllari asosida matnni to‘ldirish yo‘llari, so‘z shakllarining o‘rtacha qaytalanishi va sintetizm koeffisentlari asosida matnda ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati, matnni lingvistik individualligi haqida fikrlar o‘z aksini topgan. Tanlanma matnlardagi so‘z turkumlari va ularning grammatik ko‘rsatkichlari kvantitativ tahlili etilib, o‘ziga xos tipologik tabiati, janriy xususiyatlari yoritilgan va doston, maqol, topishmoq, ertak va qo‘shiqlar matnlardagi so‘zshakllarning lingvopoetik imkoniyatlari aniqlanib, badiiy-estetik qimmati isbotlangan.
Monografiya oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, kompyuter tilshunosligi bo‘yicha qiziquvchilar, talabalarga mo‘ljallangan.

2023-06-07 04:54:46 | ko'rishlar soni: 963 | Yuklab olindi: 584-marta

Ushbu uslubiy qo‘llanmada pedagogning kasbiy rivojlanishida kognitiv ta’lim mazmuni, shakli, metod, texnologiyalari, didaktik imkoniyatlarini yuzaga chiqaruvchi P5BL yondashuvi, muammoga, loyihaga, shaxsga, jarayonga va natijaga asoslangan o‘qitishning kognitiv strategiya sifatida birgina yondashuv asosini tashkil etganligi, o‘qituvchiga metodik yordam ko‘rsatishga yangicha munosabat: tizimli seminar va mahorat darslarini tashkil etish metodikasi va amaliyotda o‘tkazishga doir tadqiqot natijalari keng yoritilgan.
Uslubiy qo‘llanmadan umumta’lim maktablari pedagoglari, oliy o‘quv yurti va PYMO‘M markazi professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, o‘quv dasturlari va adabiyotlari mualliflari, malaka oshirish kurslari tinglovchilari hamda qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.

2023-06-05 09:35:00 | ko'rishlar soni: 1000 | Yuklab olindi: 498-marta

Mazkur qo‘llanmada pedagogik faoliyat yuritayotgan barcha professor-o‘qituvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarini interaktiv va muammoli ta’lim asosida tashkil etish hamda o‘tkazishning metodikasi va texnikasi, shuningdek, pedagogik kasbiy mahorat, uni oshirish usullari haqida so‘z yuritiladi. Ushbu uslubiy qo‘llanma ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, jumladan, barcha qiziquvchilar (OTMlarning pedagogik ta’lim yo‘nalishi talabalari, magistrantlari) uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda o‘tkazish metodikasi va texnikasiga doir savollariga javob topishlari uchun ma’lum darajada xizmat qiladi.

2023-06-01 11:38:19 | ko'rishlar soni: 1426 | Yuklab olindi: 828-marta

Ushbu uslubiy qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining boshlang‘ich ta’lim tarbiyaviy ishlar va sport fakulteti talabalari va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib,ona tili o‘qitish metodikasi dasturi imloviy savodxonlikka qo‘yilgan talablar hamda muallifning ko‘p yillik ilmiy pedagogik faoliyati asosida yoritilgan.

2023-06-01 11:24:49 | ko'rishlar soni: 6511 | Yuklab olindi: 6219-marta