Jurnallar

 

SO‘Z BOSHI
Jamiyatimizning hamma sohalar kesimida shiddat bilan taraqqiy etishi bevosita insoniyat tafakkurining o‘sishi, faoliyatining serqirraligi va jadallashuviga bog‘liq. Zamon talablari bilan hamqadam bo‘lib, soha rivojiga o‘z vaqtida hissa qo‘sha oladigan, yangidan yangi g‘oyalarni amaliyotga joriy eta oladigan kadrlarga kundan kun ehtiyoj ortmoqda. Jumladan, ta’lim tizimining har bir bo‘g‘inida intellektual raqobatbardosh kadrlarni etishtirish masalasi dolzarblikni kasb etib, bu masalaga jiddiy yondashuvni taqozo etmoqda. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev tomonidan o‘z vaqtida qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 2019-yilning 29-apreldagi Farmoni Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish uchun yo‘l xaritasini belgilab berdi. Uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish, maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish, ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish kabi vazifalarni amalga oshirish qayd etildi.

2019-10-19 05:18:59 | ko'rishlar soni: 3520 | Yuklab olindi: 3220-marta

          Mazkur  respublika  ilmiy-amaliy  konferensiyasi  materiallarini  nashr  etishdan  maqsad O’zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida ta’lim sohasida, xususan, tabiiy va aniq

fanlar kesimida erishgan yutuqlarni va istiqboldagi rejalarni, fanlarni o’qitishda kompe-tensiyalarning  ahamiyatini,  tabiiy  va  aniq fanlarni  o’qitishda  amaliy  va  laboratoriya mashg’ulotlarning o’rnini hamda bu boradagi ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini keng targ’ib qilish va ommalashtirish, aprobasiyadan o’tkazish hamda o’zaro aloqalarni kengaytirishdan ibo-rat. To’plam ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalar hamda ilg’or tajribalar bilan qiziquvchi ilmiy va pedagog xodimlar, doktorantlar hamda keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan. To’plamga  kiritilgan  maqolalar  mualliflik  taxririda  berilgan.  To’plamdan  o’rin  olgan maqolalarning saviyasi, sifati va ilmiy dalillarning xaqqoniyligi hamda mazmuni uchun mual-liflar mas’uldir.

2019-02-25 08:34:14 | ko'rishlar soni: 972 | Yuklab olindi: 362-marta

          Ushbu  to’plamda   “Xalq  ta’limi  tizimida  pedagog  xodimlar  kompetensiyasini takomillashtirish: muammolar va ularning yechimlari” mavzusidagi maqolalar o’rin olgan. Mazkur  respublika  ilmiy-amaliy konferensiyada  -  ta’lim  sohasida  erishilgan  eng so’nggi  yutuqlar,  dolzarb  muammolar  muhokama  etilgan. Ilmiy-tadqiqot  institutlari, umumta’lim maktablari, hududiy xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini  oshirish  markazlari  salohiyatini  ko’tarish, xalq  ta’limi  tizimida  pedagog xodimlar  kompetensiyasini  takomillashtirish,  oliy  o’quv  yurtlari  va  umumta’lim maktablarining  pedagog  xodimlari  o’rtasidagi    hamkorlikni  kuchaytirish,  yosh olimlarning ilmiy ko’nikmalari va bilimlarini shakllantirish ko’zda tutilgan.

2019-02-25 08:30:28 | ko'rishlar soni: 5947 | Yuklab olindi: 5602-marta

       Ushbu to‘plamda Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash  va ularning malakasini oshirish instituti til va adabiyot ta’limi kafedrasi tomonidan tashkil etilgan Uzluksiz ta’lim  tizimida  filologiya  fanlarini  mazmunan  modernizatsiyalash  hamda  o‘qitish  sifat-samaradorligiga  erishish  texnologiyalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy  konferensiyasiga kelib tushgan tezis va maqolalari o‘rin olgan. 

      Mazkur  ilmiy-amaliy  konferensiyaning  maqsadi  -  filologiya  fanlarini  mazmunan modernizatsiyalash,  o‘qitish  sifat-samaradorligiga  erishish  texnologiyalari,  filologik  fanlarni  o‘qitish samaradorligini oshirishda davlat me’yoriy hujjatlarning o‘rni, filologik fanlarni o‘qitishda kompetensiyaviy  hamda  differensial  yondashuvning  ahamiyati,  o‘quvchilarda  shakllantiriladigan kompetensiyalarni ob’yektiv baholashning mazmun-mohiyati, fanlarni o‘qitish sifat-samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish kabi masalalarni yoritish ko‘zda tutilgan. Ilmiy anjuman materiallaridan umumta’lim maktab o‘qituvchilari,  mustaqil  tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar va barcha pedagoglar foydalanishlari mumkin.

2019-02-25 08:26:01 | ko'rishlar soni: 2766 | Yuklab olindi: 2422-marta

          Mazkur to’plamda Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning  malakasini  oshirish  instituti  “Ijtimoiy-iqtisodiy  fanlar”  kafedrasi tomonidan  tashkil  etilgan  “Barkamol  avlodni  tarbiyalashda  tarixiy  va  ma’naviy merosimizdan  foydalanish  masalalari”  mavzusidagi  respublika  ilmiy-amaliy konferensiyasining tezis va maqolalari o’rin olgan.

          Ilmiy-amaliy  konferensiyaning  asosiy  maqsadi -  ta’lim  tizimida  ijtimoiy-gumanitar  fanlarni  o’qitishdagi  dolzarb  muammolarni  aniqlash  va  ularning  yechimini topish,  barkamol  avlod  tarbiyasida  tarixiy  va  ma’naviy  merosdan  foydalanishning ilmiy-pedagogik  asoslarini  ochib  berish,  shu  bilan  birga,  o’quvchi-yoshlarni  ma’naviy merosimizga sadoqat ruhida tarbiyalashda pedagog xodimlarning vazifalarini belgilash, ta’lim-tarbiya  jarayoni  samaradorligini  oshirishda  zamonaviy  pedagogik  va  axborot texnologiyalarining ahamiyatini yoritish ko’zda tutilgan.

2019-02-25 06:40:05 | ko'rishlar soni: 4440 | Yuklab olindi: 4123-marta

           “Tabiiy va aniq fanlarni o‘qitishning dolzarb masalalari” mavzuidagi mazkur  ilmiy-amaliy anjuman O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2015-yil  29-apreldagi  04-1380-sonli  tavsiya  xati  asosida  Samarqand  viloyat  xalq  ta’limi xodimlarini  qayta  tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirish  instituti  “Tabiiy  va aniq fanlar ta’limi” kafedrasi tomonidan tashkil qilindi.

2019-02-25 06:35:17 | ko'rishlar soni: 2270 | Yuklab olindi: 1873-marta

        Mazkur  xalqaro  ilmiy  maqolalar  to’plamini  nashr  etishdan  maqsad  pedagogika, psixologiya, ta’lim sohasidagi zamonaviy tendensiyalar va olib borilayotgan tadqiqotlar natijalarini  targ’ib  qilish,  aprobasiyadan  o’tkazish,  erishilayotgan  ilmiy  va  amaliy yutuqlarni ommalashtirish hamda o’zaro aloqalarni kengaytirishdan iborat. To’plam ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalar hamda ilg’or tajribalar bilan qiziquvchi ilmiy  va  pedagog  xodimlar,  doktorantlar,  magistrlar, talabalar  va  keng  kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan. Uning elektron shakli samdu.uz saytida joylashtirilgan. To’plamga  kiritilgan  maqolalar  mualliflik  tahririda  berilgan.  Keltirilgan iqtiboslar,  nomlar,  atamalar  va  boshqa  ma’lumotlarning  aniqligi,  shuningdek, intellektual mulkka doir me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibga rioya qilinishiga mualliflar mas’uldirlar. Tahririyat nuqtai nazari mualliflar nuqtai nazari bilan mos kelmasligi mumkin.

2019-02-23 11:06:23 | ko'rishlar soni: 3053 | Yuklab olindi: 2700-marta

         Mazkur  xalqaro  ilmiy  maqolalar  to’plamini  nashr  etishdan  maqsad  pedagogika, psixologiya, ta’lim sohasidagi zamonaviy tendensiyalar va olib borilayotgan tadqiqotlar natijalarini  targ’ib  qilish,  aprobasiyadan  o’tkazish,  erishilayotgan  ilmiy  va  amaliy yutuqlarni ommalashtirish hamda o’zaro aloqalarni kengaytirishdan iborat. To’plam ilmiy tadqiqotlar, shlanmalar hamda ilg’or tajribalar bilan qiziquvchi ilmiy  va  pedagog  xodimlar,  doktorantlar,  magistrlar, talabalar  va  keng  kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan. Uning elektron shakli samdu.uz saytida joylashtirilgan. To’plamga  kiritilgan  maqolalar  mualliflik  tahririda  berilgan.  Keltirilgan iqtiboslar,  nomlar,  atamalar  va  boshqa  ma’lumotlarning  aniqligi,  shuningdek, intellektual mulkka doir me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibga rioya qilinishiga mualliflar mas’uldirlar. Tahririyat nuqtai nazari mualliflar nuqtai nazari bilan mos kelmasligi mumkin.

2019-02-23 10:48:13 | ko'rishlar soni: 2627 | Yuklab olindi: 2212-marta