Matematika darslarini tashkil etishda nazariyadan ko‘ra ko‘proq amaliyotga
e’tibor berish hamda o‘quvchilarga tayyor o‘quv materiallariniberishga asoslangan
yondashuvdan ma’lum darajada voz kechish talabqilinadi. O‘quvchilarda kichik
tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishda kuzatish, tajriba, o‘lchashlar, analiz
(tahlil) va sintez, induksiya va deduksiya, taqqoslash va analogiya kabi ilmiy
izlanish metodlaridan o‘rnida foydalanish talab etiladi. O‘quvchilarda bilim va
ko‘nikmalarni shunchaki shakllantirib qolmasdan, ularni hayotiy vaziyatlarda
qo‘llay olish kompetensiyalarini ham tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy taraqqiyotga erishayotgan mamlakatlarning bosib o‘tayotgan
qadamlariga diqqat qilinsa, ilmiy-tadqiqot va boshqa turdagi ta’lim muassasalarida
innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, uni integratsiyalash orqali takomillashtirib
borish pedagogik faoliyatda strategik rivojlanishning muhim omili sifatida
qaralmoqda. Ta’lim sohasida innovatsiyalarni yaratish, o‘zlashtirish va tarqatish
asosida ochiq, moslashuvchan, individuallashgan, yangi bilimlarni yaratuvchi
zamonaviy pedagogik texnologiyalar kirib kelmoqda. Bunday jarayonning
jadallashuvida maktabgacha va maktab ta’limining o‘rni juda muhim.
Jahon hamjamiyatining jadal rivojlanishi barcha sohalarda innovatsion
yondashuvni talab etadi. Rivojlangan mamlakatlarda “ta’lim” barqaror taraqqiyotni
ta’minlaydigan asosiy omil sifatida e’tirof etilib, xalqaro tashkilotlar hamda
dunyoning aksariyat mamlakatlari tomonidan 2030 yilgacha belgilangan yangi
ta’lim konsepsiyasida “ta’lim oluvchilarni hayotga tayyorlash, ta’lim sifatini
baholash jarayoni va vositalarini takomillashtirish, erishilgan natijalarni aniqlash
imkonini beruvchi mexanizmlarni amaliyotga joriy qilish” dolzarb vazifa sifatida
belgilandi. Ta’limning fundamental bo‘g‘ini, umumiy o‘rta ta’lim sifatini
baholashga qaratilgan xalqaro baholash tadqiqot dasturlari PIRLS, TIMSS, PISA,
TALIS belgilangan davriylik asosida davlatlarning ta’limiy yutuqlari o‘zgarish
dinamikasini kuzatish, muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish
konsepsiyalarni ishlab chiqish imkonini beradi
Davr talabiga ko‘ra xorijiy tillarni o‘rgatishni ta’lim siyosatining ustuvor
yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim sifatini tubdan oshirish,
sohaga malakali pedagoglarni jalb etish, davlat xizmatchilarining kasbiy faoliyatini
xorijiy tillarda amalga oshirish imkoniyatini beruvchi uslubiyotlarni ishlab chiqib,
amaliyotga joriy etish hamda aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini
oshirish borasida qator chora-tadbirlar rejalashtirildi. Ushbu vazifalarning ijrosi
sifatida Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarni o‘rgatish milliy
markazida “Lingvodidaktika va tillarni o‘qitish metodikasi” mavzusidagi
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.
Mazkur ilmiy-amaliy konferensiya materiallari joriy «Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish» yilida belgilangan ustuvor vazifalardan biri – ilmiy izlanish yutuqlarini amaliyotga joriy etish yo‘li bilan fan sohalarini rivojlantirish, jumladan, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning dolzarb muammolari, malaka oshirish kurslarida elektron o‘qitish va masofaviy ta’lim texnologiyalari, ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq qilish, fan va amaliyotning integratsiyasini ta’minlash, ta’lim tizimida fanlarni o‘qitishga zamonaviy yondashuv hamda raqamli texnologiyalarni tadqiq qilish maqsadida chop etildi.
SO‘Z BOSHI
Jamiyatimizning hamma sohalar kesimida shiddat bilan taraqqiy etishi bevosita insoniyat tafakkurining o‘sishi, faoliyatining serqirraligi va jadallashuviga bog‘liq. Zamon talablari bilan hamqadam bo‘lib, soha rivojiga o‘z vaqtida hissa qo‘sha oladigan, yangidan yangi g‘oyalarni amaliyotga joriy eta oladigan kadrlarga kundan kun ehtiyoj ortmoqda. Jumladan, ta’lim tizimining har bir bo‘g‘inida intellektual raqobatbardosh kadrlarni etishtirish masalasi dolzarblikni kasb etib, bu masalaga jiddiy yondashuvni taqozo etmoqda. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev tomonidan o‘z vaqtida qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 2019-yilning 29-apreldagi Farmoni Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish uchun yo‘l xaritasini belgilab berdi. Uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish, maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish, ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish kabi vazifalarni amalga oshirish qayd etildi.
Mazkur respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallarini nashr etishdan maqsad O’zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida ta’lim sohasida, xususan, tabiiy va aniq
fanlar kesimida erishgan yutuqlarni va istiqboldagi rejalarni, fanlarni o’qitishda kompe-tensiyalarning ahamiyatini, tabiiy va aniq fanlarni o’qitishda amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarning o’rnini hamda bu boradagi ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini keng targ’ib qilish va ommalashtirish, aprobasiyadan o’tkazish hamda o’zaro aloqalarni kengaytirishdan ibo-rat. To’plam ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalar hamda ilg’or tajribalar bilan qiziquvchi ilmiy va pedagog xodimlar, doktorantlar hamda keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan. To’plamga kiritilgan maqolalar mualliflik taxririda berilgan. To’plamdan o’rin olgan maqolalarning saviyasi, sifati va ilmiy dalillarning xaqqoniyligi hamda mazmuni uchun mual-liflar mas’uldir.
Ushbu to’plamda “Xalq ta’limi tizimida pedagog xodimlar kompetensiyasini takomillashtirish: muammolar va ularning yechimlari” mavzusidagi maqolalar o’rin olgan. Mazkur respublika ilmiy-amaliy konferensiyada - ta’lim sohasida erishilgan eng so’nggi yutuqlar, dolzarb muammolar muhokama etilgan. Ilmiy-tadqiqot institutlari, umumta’lim maktablari, hududiy xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari salohiyatini ko’tarish, xalq ta’limi tizimida pedagog xodimlar kompetensiyasini takomillashtirish, oliy o’quv yurtlari va umumta’lim maktablarining pedagog xodimlari o’rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, yosh olimlarning ilmiy ko’nikmalari va bilimlarini shakllantirish ko’zda tutilgan.
Ushbu to‘plamda Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti til va adabiyot ta’limi kafedrasi tomonidan tashkil etilgan Uzluksiz ta’lim tizimida filologiya fanlarini mazmunan modernizatsiyalash hamda o‘qitish sifat-samaradorligiga erishish texnologiyalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga kelib tushgan tezis va maqolalari o‘rin olgan.
Mazkur ilmiy-amaliy konferensiyaning maqsadi - filologiya fanlarini mazmunan modernizatsiyalash, o‘qitish sifat-samaradorligiga erishish texnologiyalari, filologik fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishda davlat me’yoriy hujjatlarning o‘rni, filologik fanlarni o‘qitishda kompetensiyaviy hamda differensial yondashuvning ahamiyati, o‘quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalarni ob’yektiv baholashning mazmun-mohiyati, fanlarni o‘qitish sifat-samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish kabi masalalarni yoritish ko‘zda tutilgan. Ilmiy anjuman materiallaridan umumta’lim maktab o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar va barcha pedagoglar foydalanishlari mumkin.
Mazkur to’plamda Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Barkamol avlodni tarbiyalashda tarixiy va ma’naviy merosimizdan foydalanish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining tezis va maqolalari o’rin olgan.
Ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy maqsadi - ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitishdagi dolzarb muammolarni aniqlash va ularning yechimini topish, barkamol avlod tarbiyasida tarixiy va ma’naviy merosdan foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslarini ochib berish, shu bilan birga, o’quvchi-yoshlarni ma’naviy merosimizga sadoqat ruhida tarbiyalashda pedagog xodimlarning vazifalarini belgilash, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining ahamiyatini yoritish ko’zda tutilgan.