Elektron darsliklar

 

Fan va texnika, ayniqsa, axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib 
borayotgan ushbu davrda  har bir inson o‘zining hayotida  muhim bo‘lgan 
bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur.
Mustaqil hayotga dadil qadam tashlash, atrofi mizda sodir bo‘layotgan 
o‘zgarishlar va yangiliklar bilan hamnafas bo‘lib yashash uchun har bir 
o‘quvchi quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur:
– yangi bilimlarni izlash;
– topshiriq, masala va mashqlarni yechishda tengdoshlari bilan 
hamkorlikda ishlash;
– bilimlarni egallash, topshiriq, masala va mashqlarni yechishda 
kompyuterdan foydalanish.
5-sinfda siz ilk bor «Informatika» fanini o‘rganyapsiz. Informatika 
darslarida siz yangi tushunchalarni o‘rganasiz, masala va topshiriqlarni 
bajarishda kompyut erdan foydalanasiz.

 

2019-03-09 06:14:40 | ko'rishlar soni: 1386 | Yuklab olindi: 691-marta

Aziz o‘quvchilar!
Siz bu yildan boshlab yangi fan — «Geografiya»ni o‘rganasiz. Biz-
ning  buyuk  bobokalonlarimiz  geografiyani  yaxshi  bilishgan,  shuning 
uchun ham ushbu fan haqida qimmatli va qiziqarli ma’lumotlarni yozib 
qoldirganlar. 
Geografiyani yaxshi o‘rganish uchun sizda qo‘lingizdagi darslikdan 
tashqari, «Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi» atlasi, yozuvsiz xarita 
hamda katak chiziqli daftar  bo‘lishi zarur. Shuningdek, rangli qalamlar, 
chizg‘ich, o‘chirg‘ich, sirkul va ba’zi topshiriqlarni baja rish uchun esa 
kompas va globus ham kerak bo‘ladi.
Para graf oxirida berilgan topshiriqlarni bajargani ngizda, savollarga 
javob  berganingizda  darslikdagi  rasm  va  xaritalardan  foydal anishni 
unutmang.
Matnning  har  bir  qismini  alohida  o‘qib  chiqib,  mazmunini  o‘z 
fikringiz  bilan  gapirib  berishga  harakat  qiling.  Terminlar,  geografik 
nomlarni daftaringizga albatta yozib qo‘ying. Tayanch so‘z, tushuncha 
va geografik nomlarga alohida e’tibor bering.

 

2019-03-09 06:07:14 | ko'rishlar soni: 2606 | Yuklab olindi: 2122-marta

Ma’lumki, ona tabiatni rang-barang o‘simliklar olamisiz 
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yer yuzida o‘simlik turlari juda 
keng tarqalgan. Bu o‘simliklarni jazirama cho‘llardan tortib, 
to baland tog‘lar cho‘qqisigacha bo‘lgan turli tuproq va iqlim 
sharoitida uchratish mumkin. O‘zbekistonda tabiiy holda 
o‘sadigan yuksak o‘simliklarning 4500, O‘rta Osiyoda 8000, 
Yer yuzida esa 500 000 dan ortiq turi borligi aniqlangan. 
Tabiatda o‘simliklar uchramaydigan joy nihoyatda kam.

 

 

 
2019-03-09 05:52:33 | ko'rishlar soni: 1591 | Yuklab olindi: 1022-marta

Таniqli o‘zbеk аdibi musо Тоshmuhаmmаd o‘g‘li оybеk 1905-yil  
10-yanvаr  kuni  Тоshkеnt  shаhridа  bo‘zchi  оilаsidа  tug‘ilgаn. 
Avvаl  mаktаbdа,  kеyin  pеdаgоgikа  tехnikumidа  o‘qigаn.  1925–
1930-yillаrdа o‘rtа оsiyo dаvlаt dоrilfununi (hоzirgi o‘zbеkistоn 
milliy  univеrsi tеti)ning  ijtimоiy  fаnlаr  fаkultеtidа  tа’lim  оlgаn 
оybеk o‘qishni bi tirib, shu dоrilfunundа muаllimlik qilgаn.
Shе’rlаr  yozish  bilаn  ijоdini  bоshlаgаn  оybеkning  dаstlаbki 
to‘plаmi «Тuyg‘ulаr» nоmi bilаn 1926-yildа chоp etildi. Shundаn 
so‘ng  shоir  yirik  shе’riy  jаnr  hisоblаngаn  dоstоnchilikkа  qo‘l 
urаdi.  birin-kеtin  uning  «dilbаr  –  dаvr  qizi»  (1931),  «o‘ch» 
(1932),  «bахti gul  vа  Sоg‘indiq»  (1933)  singаri  turli  mаvzudаgi 
o‘nlаb dоstоnlаri e’lоn qilinаdi.

2019-03-09 05:45:09 | ko'rishlar soni: 1228 | Yuklab olindi: 762-marta

Aziz o‘quvchi!
Siz bu yildаn «Adаbiyot» dаrsini аlоhidа fan sifatida o‘qiy bоshlаyapsiz. Endi 
Alishеr nаvоiy, Zаhiriddin Мuhаmmаd bоbur kаbi nоmlаri butun jаhоngа yoyilgаn 
buyuk bоbоlаrimizning hаyot yo‘llаri bilаn kеngrоq tаnishаsiz. Asаrlаridаn bаhrа-
mаnd bo‘lаsiz. оzоdlik vа mustаqillik yo‘lidа jоnlаrini 묈dо etgаn Abdullа Qоdiriy, 
Abdullа  Avlоniy  vа  Usmоn  nоsirlаrning  Vаtаn  vа  millаt  hаqidаgi  o‘tli  sаtrlаri 
qаlbingizgа  cho‘g‘  tаshlаshigа  ishоnаmiz.  bugungi  kunning  аrdоqli  shоirlаri 
Abdullа  оripоv  vа  Erkin  Vоhidоvlаr ning  хаlqimiz  shоnli  tаriхidаn  hikоya  qilib, 
pоrlоq kеlаjаgidаn bаshоrаt etuvchi go‘zаl shе’r-u dоstоnlаri, o‘ylаymizki, sizning 
qаlbingizgа hаm zаvq vа surur bаg‘ishlаydi.

 

2019-03-07 04:47:33 | ko'rishlar soni: 999 | Yuklab olindi: 472-marta

Ushbu o`quv metodik majmua chet tillarini o`qitishning innovatsiyon metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi ishtirokida yaratildi

2019-03-05 11:24:07 | ko'rishlar soni: 1455 | Yuklab olindi: 420-marta

«Deutsch  mit  SpaЯ  4»  o‘quv  metodik  majmuasi  O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1875-sonli qarorida belgilangan 
talablar va vazifalardan kelib chiqqan holda nemis tilini o‘rgatishning zamonaviy va 
ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda metodlar tamoyillari asosida yaratildi.
O‘quv-metodik majmua, darslik, ish daftari, multimedia resursi hamda o‘qituvchi 
uchun metodik qo‘llanmadan iborat bo‘lib, ular yaxlit bir holda 4-sinfga qadam 
qo‘ygan farzandlaringizning nemis tilida saboq olishlariga baholi qudrat yordam 
beradigan ko‘pdan ko‘p qiziqarli kommunikativ o‘yinlar, she’rlar, qo‘shiqlar va 
matnlarni o‘z ichiga olgan. Ularni farzandlaringiz tomonidan o‘zlashtirishda, Siz aziz 
ustozlar va ota-onalarning hissasi beqiyosdir.

 

2019-03-05 11:18:42 | ko'rishlar soni: 2054 | Yuklab olindi: 763-marta

Xilma -xil cholg`ularimiz va ulardan sodalanib kelayotgan milliy navolarimiz esa ana shu ma`naviy boylikning ajralmas qismidir. qulingizdagi manashu darslik sizlarni ana shunday ma`naviy boylikni ajralmas qismidir

2019-03-05 11:15:30 | ko'rishlar soni: 3470 | Yuklab olindi: 1183-marta

Aziz  o‘quvchi!  Tasviriy  san’at  hayotni  aks  ettirish-
da,  dunyo  go‘zalliklarini  his  qilishda  insonga  yordam 
berishini  bilasiz.
Siz  tasviriy  san’atning  turlari  haqida  birinchi  sinf-
dayoq  dastlabki  ma’lumot  olgansiz.  Tasviriy  san’at 
o‘zining tasvirlash usullari va boshqa jihatlariga qar ab,  
grafika, rangtasvir va haykaltaroshlik  kabi  turlarga 
bo‘linadi  (1-rasm). 

 

2019-03-05 10:58:28 | ko'rishlar soni: 5114 | Yuklab olindi: 2081-marta

Yozgi ta’tilda maza qilib dam oldingiz. Yoz o‘ziga 
xos ajoyib fasldir. Bu davrda kunlar uzun, tunlar esa 
qisqa bo‘ladi. Quyosh nurlari o‘lkamiz hududiga tikroq 
tushadi. Shuning uchun kunlar issiq, osmon bulutsiz 
bo‘ladi.
Yoz bolalarning eng sevimli faslidir. Yozda bolalar  
tengdoshlari bilan o‘ynaydilar, cho‘miladilar, tabiat  
ne’matlaridan bahramand bo‘ladilar.
Yozda dala va bog‘larda ishlar qizg‘in tus oladi. 
Ekinlar tagi yumshatiladi, o‘g‘it solinadi, sug‘oriladi,  
zararkunanda hasharotlardan tozalanadi. Hasharot-
larni qirishda jiblajibon, so‘fito‘rg‘ay, chug‘urchiq,  
qaldirg‘och, chumchuq, chittak kabi qushlar katta 
yordam beradi. 

2019-03-05 10:55:00 | ko'rishlar soni: 2323 | Yuklab olindi: 1130-marta