Aziz o‘quvchi!
Siz 5-sinfda o‘zbek va jahon adabiyotining ajoyib namunalari bilan
tanishgan, buyuk siymolarning, iste’dodli ijodkorlarning tarjimayi
hollaridan xabardor bo‘lgan edingiz. Shubha yo‘qki, Siz egallagan bu
bilimlar dunyoqarashingizni yanada boyitdi, ezgulikka, go‘zallikka bo‘lgan
mehringizni oshirdi.
Qadrli o‘quvchi, shu kunlarda mamlakatimizda Mustaqillik bayra-
miga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlar, sayil va tomoshalar bo‘lib
o‘tmoqda. Ona yurtimiz haqida, uning mustaqilligi to‘g‘risida go‘zal
so‘zlar, she’r va qo‘shiqlar eshitib, istiqlol naqadar buyuk ne’mat
ekanini barchamiz yurak-yurakdan his etmoqdamiz. Ana shu damlar-
da qalbimizda «Shunday ozod va obod Vatanga munosib farzand
bo‘lish uchun qanday fazilatlarga ega bo‘lish lozim?», «Vatan tuyg‘usi,
Vatanga muhabbat qanday ishlarda namoyon bo‘ladi?» degan savollar
tug‘ilishi tabiiy, albatta.
Aziz o‘quvchilar! Mehnat ta’limi sizni mehnat turlari va ja-
rayonlari, kasblar bilan tanishtiradi, ularni qadrlashni o‘rgatadi.
Sizda dastlabki mehnat ko‘nikmalari va malakalarni, yara-
tuvchanlikka bo‘lgan qiziqishni shakllantiradi. Mehnat ta’limi
darslarida turli amaliy mashg‘ulotlarni bajarib, kelajakdagi
kundalik turmushingizda zarur bo‘ladigan ishlarni bajarishni
o‘rgana borasiz.
Tasviriy san’atning ifodaviy vositalari va ifodaviy tilini tushunish va
undan tasviriy-ifodaviy faoliyatda o‘rinli foydalanish muhim ahamiyat-
ga ega.
Tasviriy san’atning ifodaviy tili sifatida kompozitsiya, chiziq, dog‘,
rang, hajm, shakl, fazo, faktura tushunchalari, taniqli yirik musavvirlar
asarlarining tahlili egallaydi va ular rangtasvir, grafi ka, haykaltaroshlik,
san’atshunoslik asoslari bo‘limlari orqali amalga oshiriladi.
Tasviriy san’atning ifodaviy vositalari sifatida rangtasvirda rang, surt-
ma, chiziq, rang dog‘lari, rangdor va yorug‘lik kontrastlari, grafi kada esa,
chiziq, shtrix, kontur, tus, oq-qora dog‘lardan foydalaniladi. Tabiatda har bir
buyum va narsalar o‘z rangiga ega. Bu ranglarda yorug‘-soyalar juda katta
o‘rin tutadi.
KIRISH: TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YO‘Q
Vatan ta’rifi. Vatan! Bu so‘z zamirida olam-olam ma’no bor.
Vatan – aziz muqaddas va mo‘tabar yurtdir.
Yodda tuting!
«Vatan» arabcha so‘z bo‘lib, ona yurt degan ma’noni anglatadi.
Vatan – biz tug‘ilgan makon. Kindik qonimiz to‘kilgan tuproq.
Vatan – bu oltin beshik. Ota-onamiz, qarindoshlarimiz va do‘stlarimiz
bilan birga yashayotgan zamin. Bobolarimizning izlari qolgan yer.
Ajdodlarimiz yurti, yurakdagi javohirdir.
Vatan – jonajon shahringiz va qishlog‘ingizdir. Insonning qalbi,
orzu-umidlari, quvonchlari va kelajagi Vatani bilan chambarchas
bog‘liqdir.
Aziz o‘quvchilar!
Sizlar 1–4-sinflarda «Ona tili» fanining dastlabki tushunchalari haqida
ma’lumotlar oldingiz.
Tovush va harf o‘rtasidagi farqlarni ajrata olish ko‘nikmasiga ega bo‘ldingiz,
bo‘g‘in, so‘z, so‘z birikmasi, gap to‘g‘risidagi ilk saboqlarni tingladingiz. Lekin
bilasizlarmi, o‘zbek tilidan yaxshi xabardor bo‘lish uchun bu bilimlar kifoya
qilmaydi. Siz kelgusida yanada ko‘proq mehnat qilishingiz, sabot va chidam
bilan ona tilining sir-asrorlarini o‘rganishingiz lozim. Sababi – ona tili barcha
fanlarni bilish va o‘zlashtirishning bebaho kaliti sanaladi.
SO‘ZBOSHI
Aziz o‘quvchilar! Sizlarga mo‘ljallangan 5-sinf «Musiqa» darsligi
oldingi darsliklardan butunlay farq qiladi. Bu darslik Mustaqillik sharofati
bilan yangi o‘quv dasturi asosida yaratildi. Undagi mavzular Sizlar-ga
milliy o‘zbek xalq cholg‘u asboblari, kuy va qo‘shiqlari, o‘zbek raqs
san’ati, jahon musiqa madaniyati durdonalari haqida ma’lumot beradi.
Mustaqil O‘zbekistonimiz qisqa vaqt ichida juda katta muvaffaqiyatlarga
erishdi. Katta-katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Xalq ta’limi, sport, san’at sohasidagi yutuqlarimizga bir nazar tashlay-
lik. Mustaqil O‘zbekistonimizga bag‘ishlab yaratilgan yangi asarlar, kuy
va qo‘shiqlar butun jahon bo‘ylab qanot yozib, yoshlarimizni milliy
g‘oya va milliy istiqlol ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Ishonamizki,
qo‘lingizdagi darslik Vatan tuyg‘usini qalbingizga singdirib, musiqa
haqidagi bilimlaringizni oshirishga xizmat qiladi.
Mualliflar
Siz bu o‘quv yilida ham matematika bilan tanishishda davom etasiz. Matematika ming yillar
muqaddam inson ehtiyojlarining mahsuli sifatida vujudga kelgan. Uning rivojiga buyuk ajdodlarimiz
– sharqning mashhur allomalari, buyuk matematik olimlari ulkan hissa qo‘shishgan. Hozirda
hech bir kishi matematikani bilmasdan turib, o‘z turmushini bekamu-ko‘st tasavvur qila olmaydi.
Matematika sizga shunchaki hisob-kitob ishlarini o‘rgatib qolmasdan, eng asosiysi – sizni mantiqiy
︠krlashga, mushohada yuritishga, hayotiy muammolarning eng maqbul yechimini topishga yordam
beradi, aqlingizni peshlaydi
Aziz o‘quvchilar! Siz Vatanimiz bag‘rida ko‘nglingiz
olam-olam orzu-havaslarga to‘lib, o‘sib, ulg‘ayib kelyapsiz.
Yillar o‘tadi, orzularingiz ushaladi. Sizlar turli kasb egalari
bo‘lib, ona-Vatanga xizmat qilasizlar. Bir narsani hech
qachon unutmang: a’lo o‘qigan, irodali, jismonan chiniqqan
va jasur o‘g‘il-qizlargina o‘z maqsadlariga erisha oladilar.
Buning uchun, avvalo, sport va jismoniy mashqlar bilan
muntazam shug‘ullanish zarur. Binobarin, badantarbiya
mashqlari tayanch-harakat apparati—mushaklaringizni
kuch-quvvatga to‘ldiradi, tanangizni sog‘lom, baquvvat
qiladi.