O'quv qo'llanmalar

 

Ushbu uslubiy qo‘llanma ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarining 5-,6-,7-sinf adabiyot fanidan o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini aniqlashi uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmaga mavzular kesimida testlar va zamonaviy texnologiya va usullarga asoslangan turli didaktik topshiriqlar kiritilgan.

2023-06-07 09:04:46 | ko'rishlar soni: 3429 | Yuklab olindi: 3158-marta

Mazkur uslubiy qo‘llanma PISA xalqaro dasturining o‘qish savodxonligi yo‘nalishiga oid talablar asosida tayyorlangan bo‘lib, unda umumiy o‘rta ta’limda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini adabiy matnlar asosida rivojlantirish nazarda tutilgan. Adabiy matnlarni o‘qitish orqali o‘quvchilarda o‘qish, anglash, mantiqiy hamda tanqidiy fikrlash, hayotiy muammolarni hal qila olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga oid ishlanmalar topshiriq namunalari hamda baholash mezonlari keltirilgan.

2023-06-07 05:44:08 | ko'rishlar soni: 542 | Yuklab olindi: 280-marta

Mazkur uslubiy qo‘llanma Amerika kengashining ”Fulbrayt” dasturi asosida O’zbekistonda STEM fanlarining o’quv reja va dasturlarini takomillashtirish, o‘qituvchilarni maktab bazasida STEM yondashuv bilan tanishtirish hamda ularda STEM (STREM, STEAM) ta’lim metodlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini rivojlantirish bo’yicha olib borilgan seminar-treninglar asosida yaratilgan.
Qo‘llanmada STEM xalqaro tadqiqotining mazmun-mohiyati, uning asosiy tushunchalari, topshiriqlar va ularning tavsifi, yechish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Taqdim etilayotgan materiallar umumta’lim maktablari rahbarlari, o‘qituvchilar, pedagog kadrlarni qayta tayyoqlash va malakasini oshirish markazlari, trenerlik faoliyatini amalga oshirayotgan mutaxassislar, shuningdek, mustaqil o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan.

2023-06-07 05:37:35 | ko'rishlar soni: 1196 | Yuklab olindi: 1004-marta

Mazkur uslubiy qo‘llanmada qissa janrining adabiy maydonga kirib kelishi, xalq qissalarining yaratilish tarixi, janriy xususiyatlari, umumta’lim maktablari adabiyot darsliklarida keltirilgan qissalarni o‘qitish, o‘quvchilarning matn ustida ishlash ko‘nikmasini rivojlantirishga doir ilmiy- nazariy va uslubiy ma’lumotlar keltirilgan

2023-06-07 05:33:31 | ko'rishlar soni: 1790 | Yuklab olindi: 1606-marta

Ushbu uslubiy koʻrsatma ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchu mo‘ljallangan. Ko‘rsatmada 7-sinf adabiyot fani o‘quv dasturi asosida mavzulardan o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalariga muvofiq topshiriqlar ishlab chiqilgan. O‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarin, mantiqiy, tanqidiy va kreativ fikrlashini, ijod qilish ko‘nkmalarini rivojlantirishga qaratilgan

2023-06-07 05:28:30 | ko'rishlar soni: 1008 | Yuklab olindi: 704-marta

O’quvchilarga tabiatni o’rgatib borish bilan o’qituvchi ularni ta'limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilimni o’quv va ko’nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, dunyoqarashi, irodasi, xarakterini ham shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga ko’ra tabiatshunoslikni o’qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi.

2023-06-01 12:12:04 | ko'rishlar soni: 1205 | Yuklab olindi: 995-marta

Ushbu uslubiy qo‘llanmada o‘qish darslarida she’riy matnlar va epik she’rlar ustida ishlash metodikasi haqidagi ma’lumotlar o‘z aksini topgan

2023-06-01 11:30:57 | ko'rishlar soni: 4911 | Yuklab olindi: 4489-marta

S.A.Yuldosheva. O`zbek tili darslarida o`quvchilar nutqini o`stirishda xalq og`zaki ijodining o`rni. (Samarqand shahar 45-maktab o`zbek (davlat) tili o'qituvchisi Gulrux Kamalovaning pedagogik faoliyati tajribasidan).

2023-05-30 11:48:25 | ko'rishlar soni: 798 | Yuklab olindi: 597-marta

Mazkur uslubiy qo‘llanmada axborot xuruji tushunchasi va uning mazmun-mohiyati, yoshlarda axloqiy immunitetni shakllanirishda ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida axborot xurujlariga qarshi axloqiy immunitetini shakllantirishga qaratilgan faoliyatning yo‘nalishlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida axborot xurujlariga qarshi axloqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish tartiblari va umumiy o‘rta ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya jarayonini tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslari hamda oliy ta’lim muassasalarida talaba yoshlarda axborot xurujlariga qarshi axloqiy immunitetni shakllantirishning prinsipial qoidalari, borasida fikr-mulohazalar yoritib berilgan. Shuningdek, “Yoshlarda axborot xurujlariga qarshi axloqiy immunitetni shakllantirishda ta’lim tizimining o‘rni” mavzusi yuzasidan nazariy va amaliy topshiriqlarni bajarishga doir tegishli topshiriq va tavsiyalar ilgari surilgan.
Ushbu uslubiy qo‘llanma “Tarbiya” fani mutaxassislik modullarining uzviy, tarkibiy qismi sifatida nafaqat “Tarbiya” fani o‘qituvchilari malakasini oshirish kursi tinglovchilari, balki umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitishda muayyan mavzularni o‘qitishda foydalanish mumkin.

2023-05-24 10:32:40 | ko'rishlar soni: 954 | Yuklab olindi: 736-marta

O‘zbekiston Respublikasi umumtaʼlim muassasalarining ta’lim oluvchi yoshlari 2021-yildan boshlab xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etadi. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli qarori qabul qilindi. Unga asosan 9-sinf oʻquvchilari PISA, boshlangʻich sinf oʻquvchilari PIRLS, 4- va 8-sinf o‘quvchilari TIMSS xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishi va bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilandi.

PIRLS – (inglizcha – Progressin International Reading Literacy Study – matnni oʻqish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot) xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat boʻlgan davlatlardagi boshlangʻich maktab oʻquvchilarining matnni oʻqish va qabul qilish boʻyicha tayyorgarligi hamda oʻquvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab boʻluvchi ta’lim tizimidagi oʻziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta’limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, oʻqituvchilar, ota-onalar v ajamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.Ushbu sinov turi har 5 yilda bir marta oʻtkazishga moʻljallangan.

2023-05-23 07:28:46 | ko'rishlar soni: 759 | Yuklab olindi: 473-marta