Innovatsion iqtisod uchun poydevor bo‘lib hisoblangan zamonaviy texnologiyalar barcha sohalardagi kadrlar oldiga yangi talablarni qo‘ymoqda. Ushbu talablar nafaqat ta’lim sifatini yaxshilash, shuningdek, atrof-olamdagi real muammolarning yangi yechim yo‘llariga tayyor bo‘lgan kadrlarni tayyorlashga yangicha yondashuvlarni taqozo etmoqda.
Yurtimizda ta’lim sifati va natijasiga alohida e’tibor qaratilayotgan bir paytda ta’lim metodlarini takomillashtirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish borasidagi asosiy vazifalardan biri o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, ijodiy tafakkur jarayonlarini munosib tashkil etish, interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilish, o‘quvchilarning loyihaviy faoliyatini yo‘lga qo‘yishdir. “Loyihalar” metodini qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, vaziyatni baholash ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
STEAM – tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika fanlarini mutanosib o‘qitish uslubi.
Mazkur uslubiy qo‘llanmada mumtoz she’riy namunalarning vazniy qolipi –aruz vazninining nazariy asoslari maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun sodda bayon tilida ifodalab berilgan. Aruzdagi tayanch tushunchalar, vaznni tahlil qilish yo‘llari muvofiq metod va tashkilotchi chizmalar vositasida berilgan.
Keyingi yillarda mamlakatimiz ta’lim tizimida, jumladan malaka oshirish ta’lim tizimida tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. 2020-yil 23 sentabrda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni, Prezidentning qator Farmon va Qarorlari, jumladan 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4963-son Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan xalq ta’limi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, umumiy o‘rta ta’limning ilmiy asoslarini yaratish g‘oyalari olg‘a surilib, ularni amalga oshirish yo‘llari belgilab berildi.
Mazkur metodik qo‘llanmani yozishdan maqsadi, insonlarning
ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashish asosida jamiyat,
mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shishdan iborat. Shu ma’noda
maktab matematikasini o‘qib-o‘rganuvchi o‘qituvchilar, ayniqsa
repetitorlik qiluvchi hamkasblar, maktabdan keyingi ta’limga
tayyorgarlik ko‘ruvchi o‘quvchilar davlat test markazi tomonidan
nashr etilgan axborotnomalardagi misol va masalalarini yechishda
biror qiyinchlikka duch kelishsa, biz yozgan kitoblardan
foydalanishlari qulay bo‘ladi.
Ushbu uslubiy ko'rsatmada kimyo darslarini yangi pedagogik texnologiyalar
asosida o'tkazish bo'yicha foydali ma'lumotlar keltirilgan. Uslubiy ko'rsatma
umumiy o'rta ta'lim maktablarining kimyo fani o'qituvchilari uchun va pedagogik
texnologiyalarni asosida dars o'tishda amaliy jihatdan foydali bo'lishi mumkin.
Mazkur uslubiy qo‘llanmada ta’lim tizimini texnologiyalashtirishning o‘ziga
xos jihatlari, innovatsion texnologiyalar asosida “Tarbiya” fanini o‘qitishning
o‘ziga xos xususiyatlari va o‘qitishda interfaol usullardan foydalanishning
ahamiyati, fanni o‘qitish samaradorligini oshirishda didaktik materiallar haqida
fikr yuritilgan, shuningdek, “Tarbiya” fanni o‘qitishda interfaol usullardan
foydalanish mavzusi yuzasidan nazariy va amaliy topshiriqlarni bajarishga doir
tegishli topshiriq va tavsiyalar ilgari surilgan.
Ushbu qo‘llanma “Tarbiya” fani mutaxassislik modullarining uzviy, tarkibiy
qismi sifatida nafaqat “Tarbiya” fani o‘qituvchilari malakasini oshirish kursi
tinglovchilari, balki umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitishda
keng foydalanish mumkin.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan
voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz tutdi. Fan taraqqiyoti
va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari zimmasiga jahon amaliyoti
yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy darajaga olib
chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish kabi vazifalarni yuklamoqda.
Ushbu uslubiy ko'rsatma umumiy o'rta ta‘lim maktablarining boshlang'ich
sinf o'qituvchilari, boshlang'ich ta‘lim yonalishida ta‘lim olayotgan bakalavr va
magistrantlar foydalanishlari mumkin. Ushbu uslubiy ko'rsatmada boshlang'ich sinf
o'quvchilarida ijodkorligini rivojlantirishda insholardan foydalanishning shakl, metod
va vositalari sharhlangan va metodik tavsiyalar berilgan.
Uslubiy ko`rsatmada elektron o`quv resurslar bo`yicha
tushunchalar, ekranni video tasvirga olish dasturi Camtasia Studio
imkoniyati haqida ma`lumotlar berilgan
Uslubiy ko`rsatma barcha toifadagi malaka oshirish
o`qituvchilari, shuningdek, talabalar va qiziquvchilarga mo`ljallangan.
Uslubiy ko‘rsatma umumta’lim maktablarining barcha fan o‘qituvchilari
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u videolarni ulash asoslarining boshlang‘ich
tushunchalari, asosiy elementlari, operatorlari, ularning turlari va qo‘llanilish o‘rni,
videolarni ulash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy
bilimlarni o‘z ichiga olgan.