O'quv qo'llanmalar

 

Uslubiy ko‘rsatma umumta’lim maktablarining informatika fani
o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u videolarni ulash asoslarining
boshlang‘ich tushunchalari, asosiy elementlari, operatorlari, ularning turlari
va qo‘llanilish o‘rni, videolarni ulash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish
bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni o‘z ichiga olgan

2022-11-09 06:45:38 | ko'rishlar soni: 427 | Yuklab olindi: 209-marta

Uslubiy ko‘rsatmada keltirilgan nazorat ishlari namunaviy bo‘lib,
o‘qituvchi unga ijodiy yondoshgan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritishi yoki
alternativ variantlarini ishlab chiqishi mumkin. Uslubiy ko‘rsatmada
keltirilgan nazorat topshiriqlarini baholash mezonlarida, joriy nazorat
o‘tkazishda ham foydalanish mumkin.

2022-11-08 06:34:37 | ko'rishlar soni: 1739 | Yuklab olindi: 1537-marta

Ushbu uslubiy ko’rsatmada umumta’lim maktablarida, fizika
fanidan nazorat ishlarini bajarishda foydalanish uchun metodik
ko’rsatmalar berilgan bo‘lib, umumta’lim maktablarining fizika fani
o‘qituvchilariga mo‘ljallangan.

2022-11-08 06:29:34 | ko'rishlar soni: 917 | Yuklab olindi: 341-marta

Uslubiy qo‘llanmada ta’limda nisbatan yangi bo‘lgan ta’lim
texnologiya “Kvest” texnologiyasi haqida ma’lumotlar berilgan
Uslubiy qo‘llanma barcha toifadagi malaka oshirish
o‘qituvchilari, shuningdek, talabalar va qiziquvchilarga mo‘ljallangan.

2022-11-04 11:00:50 | ko'rishlar soni: 2658 | Yuklab olindi: 2361-marta

Yosh avlodni komillikka yetaklovchi eng katta kuch–bu kitob va
hayotiy saboqlardir. Yoshlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash
kelajakni, millatni va milliyligimizni boqiy ozod holda ko‘rishimiz
mumkin.

2022-11-04 10:42:22 | ko'rishlar soni: 13972 | Yuklab olindi: 13337-marta

В данном учебно-методическом пособии изучается
методика преподавания природоведения. Методическое пособие
является частью профессионального цикла дисциплин по
направлению подготовки 5140600 – Педагогическое образование.
Предмет рассматривается как интегрированный курс, который
находится на стыке нескольких научных областей
(педагогических и естественнонаучных знаний). Учебнометодическое пособие рекомендовано студентам ВУЗов
педагогического направления, учителям начальных классов,
слушателям центров переподготовки и повышения
квалификации работников народного образования. Содержание
дисциплины охватывает круг вопросов, связанных с процессами
подготовки и проведения уроков
природоведения в начальной
школе, а также организации внеклассной работы.

2022-11-03 08:49:26 | ko'rishlar soni: 1272 | Yuklab olindi: 963-marta


TIMSS (Trends in International mathematics and science study)
4- va 8- sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy yoʻnalishdagi
fanlardan oʻzlashtirish darajasini baholash dasturi boʻlib, bu tadqiqot
toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladi. TIMSS xalqaro baholash dasturida 4-
va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar boʻyicha
egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy taʼlim
tizimidagi farqlarni aniqlash bilan bir qatorda, qoʻshimcha ravishda
maktablarda matematika va tabiiy fanlar boʻyicha berilayotgan
taʼlim mazmuni, oʻquv jarayoni, taʼlim muassasasining imkoniyatlari,
oʻqituvchilar salohiyati, oʻquvchilarning oilalari bilan bogʻliq omillari
oʻrganiladi.

2022-11-03 08:34:18 | ko'rishlar soni: 17745 | Yuklab olindi: 16632-marta

Innovatsion ta’lim jarayoniga o‘tish, zamonaviy kadrlarga bo‘lgan
ehtiyojni inobatga olgan holda AKT va ta’lim berishning yangi
metodlarini o‘rganish, STEM pedagogika asoslarini, yangi kasbiy
kompetensiyalarni o‘zlashtirish uchun zarur bilimlar bazasini
shakllantirish kabi masalalar vazifa qilib olindi. STEM (Science,
Technology, Engineering, Mathematics) abbreviaturasi ostida
yangicha fikrlaydigan mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan
texnologiya, muhandislik, matematika kabi akademik va sohaviy
fanlar kompleksi nazarda tutiladi va bunday kadrlarsiz
innovatsion raqamli iqtisodiyot, madaniyat rivojlanishi mumkin
emas. Ba’zan ushbu umumiy nomga «A» (Art — «san’at»)
komponenti ham qo‘shiladi (STEAM). STEM – ta’lim jamiyatning
uchta talabiga asosan yuzaga keldi:

2022-11-03 08:22:33 | ko'rishlar soni: 3219 | Yuklab olindi: 2118-marta

Ushbu uslubiy qo‘llanma xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida o‘qitiladigan o‘quv modullari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish hamda ijobiy natijaga erishish uchun ma’lum darajada xizmat qiladi. Qo‘llanmada ta’limni tashkil etish turlari va shakllari, amaliy mashg‘ulotning boshqa o‘quv mashg‘ulotlaridan farqi, ularni loyihalash, o‘qituvchining amaliy darsga tayyorgarligiga doir ayrim tavsiyalar berilgan. Shu bilan birga amaliy mashg‘ulotning maqsadi, vazifalari, o‘tkazilish tartibi keltirilgan.

2022-06-13 09:25:57 | ko'rishlar soni: 1229 | Yuklab olindi: 1023-marta

Bugun pedagoglarimizning eng muhim vazifasi nima degan savolga bir so‘z bilan “Komil insonni tarbiyalash”, deb javob berish mumkin. Biz o‘quvchilarimizni har tomonlama “Komil inson” qilib tarbiyalashimiz uchun juda ko‘p hadislardan va boshqa manbalardan foydalanishimiz kerak.
O‘quvchi yoshlarni “Komil inson” qilib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilingan.
Biz o‘quvchilarimizni “Komil inson”lar qilib tarbiyalash uchun ularning qalbida quyidagilarni shakllantira olishimiz kerak:
– fikrlash, ya’ni tafakkur madaniyatini shakllantirish, mushohadaga o‘rgatish;
– chuqur bilim va dunyoqarashga ega bo‘lish;
– mustaqil fikrlay olish;
– ezgulik va yovuzlik, sog`lom bunyodkor va buzg`unchi g`oyalarni ajrata olish;
– buyuk ajdodlarimizni tarixiy - ma’naviy merosini bilish, ijtimoiy hayot va Vatan ravnaqi yo‘lida ulardan foydalanish;
– o‘quvchilarda mardlik, g`ayratlilik, shijoatli bo‘lish, jasurlik, fidoyilik, vatanparvarlik, bunyodkorlik kabi fazilatlarini kamol toptirish va ularni qatiyat bilan amalda qo‘llay olish;
– bezorilik, jangarilik, axloqiy tubanlik, yolg`onchilik, o‘g`rilik illatlariga keskinkurasha olishga o‘rgatishimiz lozimdir.

2022-03-14 05:10:48 | ko'rishlar soni: 783 | Yuklab olindi: 476-marta