Folklor asarlari o‘zbek tilining so‘z xazinasidir. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi asarlari o‘ziga xos bo‘lgan tub leksik qatlamga ega. Ayni paytda bu umumiy leksik fond o‘zbek tili lug‘at boyligining asosini tashkil qiladi. Folklor asarlari tilidagi lug‘at boyligi haqida gapirar ekanmiz, ba’zi mulohazalarimizni keltirib o’tamiz:
Ushbu qo`llanmada keyingi yillarda umumiy o`rta ta’lim maktablarida “Ona tili” fanini o`qitish sohasida yuz bergan yangiliklar va o`zgarishlarni inobatga olgan holda, yangicha ta’lim usuli va mazmunida o`qitishning uslubiy jihatlari bayon qilingan.
Bugungi kunda ona tili o`qitish metodikasi ilg`or tajribalar, fikr-mulohazalar, pedagogik va axborot texnologiyalar asosida taraqqiy etib boradi. Qo`llanma oliy o`quv yurtlarining o`zbek filologiyasi fakultetlari talabalari va umumiy o`rta ta’lim maktablarida faoliyat ko`rsatayotgan ona tili fani o`qituvchilari uchun mo`ljallangan.
Ushbu qo‘llanma kompyuter lingvistikasi kursidan bakalavr yo‘nalishida ta’lim oluvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda kompyuter lingvistikasi kursining tuzilishi va qonun-qoidalari yangi o‘quv dasturi asosida atroflicha va to‘laqonli yoritilgan.
Qo‘llanma zamonaviy kompyuter lingvistikasi masalalari bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar ommasi uchun qimmatli manba bo‘ladi, degan umiddamiz.
Ushbu metodik qo`llanmada kam komplektli maktablarni to`g`ri tashkil etish va ularda dars samaradorligini oshirish xususida fikr yuritilgan.
Kam komplektli maktablarda ta’lim texnologiyalari orqali o`quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan darslarni tashkil etish bugungi kun talabidir. Uslubiy qo`llanma kam komplektli umumta’lim maktab o`qituvchilari uchun mo`ljallangan.
Mazkur qo`llanma KKMlarda ta’lim-tarbiya sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Mazkur qiyosiy chastotali lug‘ati o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari (qo‘shiq, maqol, topishmoq, ertak) matni asosida yaratilgan bo‘lib, unda 46329 mingga yaqin so‘zlar kompyuter yordamida qayta ishlangan. So’zshakli variantlarining matnlarda qo‘llanish darajasi (chastotasi) keltirilgan. Lug‘atda so‘zshakllarining statistik va grammatik tabiatini tasvirlash maqsad qilib qo‘yilgan.
Qiyosiy chastotali lug‘at o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari tili bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Қўлланманинг мақсади. Умумий ўрта таълим мактаб ўқитувчиларини халқ оғзаки ижоди асарлари жанрлари – лирик (қўшиқ), эпик (эртак, достон), махсус тур (топишмоқ, мақол)ларнинг назарий асослари, ўзига хосликлари тўғрисида умумий тушунча бериш, уларни ўқитишни ташкил этиш, ўргатишда инновацион педагогик технологиялардан фойдаланиш услубиёти билан таништириш, шунингдек амалиётда қўллай олишларига замин яратиш.
Услубий қўлланмада мактабгача ёшдаги болаларнинг жисмоний ривожланиши, ўз–ўзига хизмат ва гигиена, ижтимоий–ҳиссий ривожланиш, нутқ, ўқиш ва савод ўргатишга тайёргарлик, билиш жараёни, атроф–муҳит тўғрисидаги билимларга эга бўлиш йўналишлари бўйича услубий тавсиялар берилган.
Услубий қўлланмада мактабгача таълим муассасаси тарбиячи, педагоглари, ота–оналар, болалар уйи педагоглари, шунингдек, ушбу соҳа билан қизиқувчи барча мутахассисларга мўлжалланган.
Ушбу услубий кўрсатма умумий ўрта таълим муассасаларида информатика ва ахборот технологиялари фанидан “Ахборотларни ҳимоялаш ва антивирус дастурларидан фойдаланиш” мавзусига эътибор қаратилган бўлиб, таълим муассасаларида ўқитаётган ва таҳсил олаётган ўқувчиларни компютер техникаси воситалари билан ишлаш жараёнида ахборотларни ҳимоялашга антивирус дастурларидан фойдаланиш масалаларига бағишланган.
Uslubiy ko`rsatmada pedagogik dasturiy vositalar bo`yicha tushunchalar, 3D kitob yaratishda iSpring Suite dasturi imkoniyati haqida ma`lumotlar berilgan
Uslubiy ko`rsatma barcha toifadagi malaka oshirish o`qituvchilari, shuningdek, talabalar va qiziquvchilarga mo`ljallangan.
Uslubiy ko`rsatmada elektron o`quv resurslari bo`yicha tushunchalar, ekranni video tasvirga olish dasturi Camtasia Studio imkoniyati haqida ma`lumotlar berilgan