Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng sohalaridan biri - bu ta’lim hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta’limning ijtimoiy roli ortib, dunyoning aksariyat davlatlarida ta’limning barcha turlariga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Ta’lim ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning bosh, yetakchi omili sifatida qaralmoqda. Bunday e’tiborning sababi, zamonaviy jamiyatning eng muhim qadriyati va asosiy kapitali - bu yangi bilimlarni izlash, egallash va nostandart qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lgan inson hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi davrda ta’lim shaxs va jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
O‘quv reja va dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli, 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-sonli Farmonlari, 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3931-son Qarori, 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarori, shuningdek 2019 yilning 19 mart kuni Prezidentimiz boshchiligida o‘tkazilgan yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”da belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, texnologiya fani o‘qituvchilari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini oshirishni nazarda tutadi.
Bugun dunyoda yuz berayotgan to‘rtinchi sanoat tamaddunining dvigateli - harakatga keltiruvchi kuchi kreativlikdir. Atrofga boqsangiz, har tomonda inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch kelasiz: elektron xizmatlar, virtual reallik, to‘rtburchak tarvuzlar, tuproqsiz hosil olish... Bularning barchasi inson tasavvuri, tafakkuri mahsuli. Bugun biz uchun odatiy tuyulgan kitob, musiqa, bino, samolyot, hatto lampalar ham qachonlar orzu va tasavvurda bo‘lgan, keyinchalik aql-idrok samarasi o‘laroq yaratilgan.
PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi (PISA 2021 Creative Thinking Framework (Third Draft]] Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Organisation for Economic Cooperation and Development - OECD] tomonidan amalga oshiriladigan PISA (The Program for International Student Assessment] tadqiqotida ilk bor o'tkazilayotgan kreativ fikrlashni baholash yo'nalishi haqida asosiy tushunchalar, baholashda e’tibor qaratiladigan muhim jihatlar, topshiriq namunalari va baholash yondashuvlarini o'z ichiga oladi.