O'quv qo'llanmalar

 

Yosh avlodni komillikka yetaklovchi eng katta kuch–bu kitob va
hayotiy saboqlardir. Yoshlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash
kelajakni, millatni va milliyligimizni boqiy ozod holda ko‘rishimiz
mumkin.

2022-11-04 10:42:22 | ko'rishlar soni: 16213 | Yuklab olindi: 15480-marta

В данном учебно-методическом пособии изучается
методика преподавания природоведения. Методическое пособие
является частью профессионального цикла дисциплин по
направлению подготовки 5140600 – Педагогическое образование.
Предмет рассматривается как интегрированный курс, который
находится на стыке нескольких научных областей
(педагогических и естественнонаучных знаний). Учебнометодическое пособие рекомендовано студентам ВУЗов
педагогического направления, учителям начальных классов,
слушателям центров переподготовки и повышения
квалификации работников народного образования. Содержание
дисциплины охватывает круг вопросов, связанных с процессами
подготовки и проведения уроков
природоведения в начальной
школе, а также организации внеклассной работы.

2022-11-03 08:49:26 | ko'rishlar soni: 1376 | Yuklab olindi: 1040-marta


TIMSS (Trends in International mathematics and science study)
4- va 8- sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy yoʻnalishdagi
fanlardan oʻzlashtirish darajasini baholash dasturi boʻlib, bu tadqiqot
toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladi. TIMSS xalqaro baholash dasturida 4-
va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar boʻyicha
egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy taʼlim
tizimidagi farqlarni aniqlash bilan bir qatorda, qoʻshimcha ravishda
maktablarda matematika va tabiiy fanlar boʻyicha berilayotgan
taʼlim mazmuni, oʻquv jarayoni, taʼlim muassasasining imkoniyatlari,
oʻqituvchilar salohiyati, oʻquvchilarning oilalari bilan bogʻliq omillari
oʻrganiladi.

2022-11-03 08:34:18 | ko'rishlar soni: 22265 | Yuklab olindi: 21023-marta

Innovatsion ta’lim jarayoniga o‘tish, zamonaviy kadrlarga bo‘lgan
ehtiyojni inobatga olgan holda AKT va ta’lim berishning yangi
metodlarini o‘rganish, STEM pedagogika asoslarini, yangi kasbiy
kompetensiyalarni o‘zlashtirish uchun zarur bilimlar bazasini
shakllantirish kabi masalalar vazifa qilib olindi. STEM (Science,
Technology, Engineering, Mathematics) abbreviaturasi ostida
yangicha fikrlaydigan mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan
texnologiya, muhandislik, matematika kabi akademik va sohaviy
fanlar kompleksi nazarda tutiladi va bunday kadrlarsiz
innovatsion raqamli iqtisodiyot, madaniyat rivojlanishi mumkin
emas. Ba’zan ushbu umumiy nomga «A» (Art — «san’at»)
komponenti ham qo‘shiladi (STEAM). STEM – ta’lim jamiyatning
uchta talabiga asosan yuzaga keldi:

2022-11-03 08:22:33 | ko'rishlar soni: 3370 | Yuklab olindi: 2188-marta

Ushbu uslubiy qo‘llanma xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida o‘qitiladigan o‘quv modullari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish hamda ijobiy natijaga erishish uchun ma’lum darajada xizmat qiladi. Qo‘llanmada ta’limni tashkil etish turlari va shakllari, amaliy mashg‘ulotning boshqa o‘quv mashg‘ulotlaridan farqi, ularni loyihalash, o‘qituvchining amaliy darsga tayyorgarligiga doir ayrim tavsiyalar berilgan. Shu bilan birga amaliy mashg‘ulotning maqsadi, vazifalari, o‘tkazilish tartibi keltirilgan.

2022-06-13 09:25:57 | ko'rishlar soni: 1289 | Yuklab olindi: 1048-marta

Bugun pedagoglarimizning eng muhim vazifasi nima degan savolga bir so‘z bilan “Komil insonni tarbiyalash”, deb javob berish mumkin. Biz o‘quvchilarimizni har tomonlama “Komil inson” qilib tarbiyalashimiz uchun juda ko‘p hadislardan va boshqa manbalardan foydalanishimiz kerak.
O‘quvchi yoshlarni “Komil inson” qilib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilingan.
Biz o‘quvchilarimizni “Komil inson”lar qilib tarbiyalash uchun ularning qalbida quyidagilarni shakllantira olishimiz kerak:
– fikrlash, ya’ni tafakkur madaniyatini shakllantirish, mushohadaga o‘rgatish;
– chuqur bilim va dunyoqarashga ega bo‘lish;
– mustaqil fikrlay olish;
– ezgulik va yovuzlik, sog`lom bunyodkor va buzg`unchi g`oyalarni ajrata olish;
– buyuk ajdodlarimizni tarixiy - ma’naviy merosini bilish, ijtimoiy hayot va Vatan ravnaqi yo‘lida ulardan foydalanish;
– o‘quvchilarda mardlik, g`ayratlilik, shijoatli bo‘lish, jasurlik, fidoyilik, vatanparvarlik, bunyodkorlik kabi fazilatlarini kamol toptirish va ularni qatiyat bilan amalda qo‘llay olish;
– bezorilik, jangarilik, axloqiy tubanlik, yolg`onchilik, o‘g`rilik illatlariga keskinkurasha olishga o‘rgatishimiz lozimdir.

2022-03-14 05:10:48 | ko'rishlar soni: 917 | Yuklab olindi: 576-marta

Boshlang’ich ta`lim – ta`lim va tarbiyaning bosh poydevoridir. Ushbu poydevor qanchalik mustahkam bo’lsa imorat shunchalik mustahkam bo’lgandek, mukammal boshlang’ich ta`lim bilimlariga ega bo’lgan o’quvchilar kelgusida yuqori sinflarda hech qiynalmasdan yanada yuksak natijalarga erisha oladilar.
Tarbiyaviy tadbirlar orqali ular ongida kasb-hunar va mehnat ko’nikmalarini hosil qilish, umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy kadriyatlarga asoslangan yuksak manaviy axloqiy fazilatlarini tarbiyalash bilan o’z vatani va xalqiga nisbatan sadoqatni shakllantirish, atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatda bo’lish tuyg’usini, huquqiy ongini tarbiyalash lozim.”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “madaniy, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashkari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish” ta’kidlangan hamda ta’lim sifatini yaxshilash, uning tuzilmasi va mazmun - mundarijasini takomillashtirish vazifalari belgilab berilgan.

2022-03-12 04:04:34 | ko'rishlar soni: 5139 | Yuklab olindi: 4783-marta

Bir qator ishlar boshlang‘ich ta’limdagi fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarga bag‘ishlangan. Bu muammolar o‘quv fanlarini integratsiyalashga o‘tishning yaqin rivojlanish markazidir.
Integratsiya atama va uslubiy nuqtai nazardan hodisa sifatida nima ekanligini ko‘rib chiqaylik.
Integratsiya so‘zi lotincha integration – tiklash, to‘ldirish, integer butun so‘zidan kelib chiqqan.
Integratsiya haqida ikkita tushunchaga egamiz:
1.Tizim organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha vash u holatga olib boruvchi jarayon.
2.Tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni.

2022-03-10 04:22:41 | ko'rishlar soni: 669 | Yuklab olindi: 361-marta

Pedagogik texnologiya nima? Nega bu so’z birikmasi “yangi” so’zini qo’shimcha qilib, “yangi pedagogik texnologiya” deb ataymiz? U nima uchun bugungi ta’lim-tarbiya jarayonida zaruratga aylandi? Nega endi shuncha yillardan beri yarab kelgan ta’lim jarayonini loyihalashga yangicha yondashish zarur?
Bu kabi savollarga javob berish uchun, eng avvalo, mamlakatimizda “Ta’lim to’g’risidagi” qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ta’lim tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohatlarning asosiy yo’nalishlarini anglab olmoq lozim.
Bu yo’nalishlar:
- ta’lim mazmunini, tizimini isloh qilish;
- ta’lim tarbiya boshqaruvini isloh qilish;
- ta’limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish;
- ota-ona, o’qituvchi-o’quvchining ta’lim jarayoniga bo’lgan yangicha qarashlarini shakllantirish;
- tub islohatlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi – yangi pedagogik texnoligiyani amaliyotga tadbiq etishdan iborat.

2022-03-10 04:19:19 | ko'rishlar soni: 821 | Yuklab olindi: 333-marta

Insho - ijodiy ish: o‘quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozitsiyasi va rejasi haqida o‘ylash, logik bog‘lanishni belgilash, so‘z, so‘z birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o‘zaro bog‘lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o‘quvchidan aqliy kuchini to‘la ishga solish bilan birga, o‘z ma’naviy faoliyatini boshqarish ko‘nikmasini ham talab etadi.
Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo‘shiladi. O´quvchi inshoni, u mustaqil, ijodiy xarakterda bo‘lgani, «o‘ziniki»ni yozgani uchun ham sevadi.
Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan hikoyasi - inshoga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar yangi, o‘quvchilar nutqini o‘stirish, aqliy, ijodiy o‘sishiga mo‘ljallangan dasturga o‘tishi munosabati bilan uning ahamiyati yanada o‘sdi.

2022-03-10 04:00:27 | ko'rishlar soni: 875 | Yuklab olindi: 556-marta