O'quv qo'llanmalar

 

Bugungi kunda mustaqil respublikamizda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ni amalga oshirish borasida bir qancha tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shulardan biri, kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurishdan iboratdir.
Ta’lim tizimida har bir fanning o‘qitish mazmunini qayta tahlildan o‘tkazish va uni tubdan isloh qilish nuqtai nazaridan yondashuv zarur bo‘ladi.
Rivojlangan davlatlar tajribasidan shu narsa ma’lumki, bozor iqtisodi sharoitida axborot tizimining qanchalik suratda takomillashuvi davlat tizimining ravnaq topish darajasini belgilashi ma’lum. Shu ma’noda, axborotlarning ishonchliligi, ularning o‘z vaqtida tayyorlanishi ko‘p jihatdan kompyuter dasturchilarning mukammal darajada bilishligiga bog’liq, chunki bu uch vosita bir-biri bilan chambarchas bog’langan holda faoliyat ko‘rsatadi.

2022-03-01 06:26:02 | ko'rishlar soni: 605 | Yuklab olindi: 321-marta

Bugungi kunda mustaqil respublikamizda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ni amalga oshirish borasida bir qancha tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shulardan biri, kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurishdan iboratdir.
Ta’lim tizimida har bir fanning o‘qitish mazmunini qayta tahlildan o‘tkazish va uni tubdan isloh qilish nuqtayi nazaridan yondashuv zarur bo‘ladi. Rivojlangan davlatlar tajribasidan shu narsa ma’lumki, bozor iqtisodi sharoitida axborot tizimining qanchalik suratda takomillashuvi davlat tizimining ravnaq topish darajasini belgilashi ma’lum. Shu ma’noda, axborotlarning ishonchliligi, ularning o‘z vaqtida tayyorlanishi ko‘p jihatdan kompyuter dasturchilarning mukammal darajada bilishligiga bog‘liq, chunki bu uch vosita bir-biri bilan chambarchas bog‘langan holda faoliyat ko‘rsatadi.
Shu narsa quvonchliki, Respublikamizni mustaqillikka erishuvi natijasida hozirgi kunda barcha o‘quvchilar va talabalar zamonaviy kompyuterlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shu bois ham, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani barcha o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan kompyuter savodxonligi borasidagi uzluksiz dastur tizimiga kiritilgan Davlat ta’lim konsepsiyasiga asoslanadi.

2022-03-01 06:22:28 | ko'rishlar soni: 697 | Yuklab olindi: 296-marta

Mustaqillik O‘zbekistonning birinchi prezidenti I.Karimov tomonidan e’lon qilgan davrdan boshlab, boshqa sohalar kabi ta’lim sohasida ham ulkan islohotlar amalga oshirildi. Bunday islohotlardan asosiysi O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturi” va “Ta’lim to‘gʻrisidagi qonun”ning qabul qilinishidir.Bunga muvofiq yosh avlodga ta’lim - tarbiya berish, barkamol avlodni tarbiyalash ma’suliyati davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bu ma’sulyatli vazifani amalga oshirishda ajdodlarimiz qoldirgan matematik merosdan foydalanish va ular bilan yosh avlodni tanishtirish,xabardor qilish maqsadga muvofiqdir. Ajdodlarimiz Al Xorazmiy,Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Forobiy,Ulugʻbek va uning ilmiy maktabi vakillari Qozizoda Rumiy,Jamshd Al Koshiy hayoti va ijodi hamda ularning matematika faniga qo‘shgan hissasi, ularning yozgan asarlaridan foydalanish, o‘quvchi va talabalarning matematik bilimlarini oshirishga, matematika faniga qiziqishlarini oshirishga muhim kasb etadi. Bu malakaviy bitiruv ishi Mirzo Ulugʻbek ilmiy maktabi va uning jahon matematikasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasiga bagʻishlanadi.

2022-03-01 06:19:06 | ko'rishlar soni: 789 | Yuklab olindi: 372-marta

Zamon ilgarlab borishi bilan fan va texnika tarqqiyoti har bir sohaga jadal kirib borayotgan davrda, o‘quvchilarga berilayotgan bilimlar ko‘lamiga bo‘lgan e‘tibor ham tobora ortib boradi. Bugungi kunda ta’limning bosh maqsadi har tomonlama kamol topgan, jamiyatda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlab puxta o‘zlashtirgan, jamiyat, davlat va oila oldidagi o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalash hisoblanadi. Bu esa o‘quvchilarga bilim berish jarayonida ularni fikrlashga, mustaqil izlanishga yo‘naltiradigan har xil usullar, metodlar, tarqatmalar va o‘qitish vositalaridan samarali foydalanish mumkinligini keltirib chiqaradi. Bugunga kelib biologiya fani sohasida bir qancha tarmoqlar biometriya, genomika, bioinformatika kabi fanlar vujudga kelmoqda. Bu esa genetika fanini puxta o‘zlashtirishni talab qilmoqda. Shu sababli o‘qituvchi fanning nazariy hamda amaliy tomonlarini o‘quvchiga to‘liq yetkazishi kerak bo‘ladi. O‘quvchilar genetika fanidan egallagan bilimlari asosida hayotiy jarayonlarda duch keladigan jumboqlarga osonlikcha javob topa olishga yordam beradi.

2022-03-01 06:14:43 | ko'rishlar soni: 1882 | Yuklab olindi: 1084-marta

Qobiq-dastur – operatsion sistema boshqaruvida ishga tushiriladigan va foydalanuvchiga shu operatsion sistema bilan ishlashga ko‘maklashadigan dasturdir. Eng birinchi ommalashgan qobiq-dasturlardan biri Norton Commander deb nomlanadi. Bu qobiq-dastur amerikalik mashhur dasturchi Piter Norton tomonidan ishlab chiqildi va juda tez ommalashib ketdi. Hozirgi kunda keng tarqalgan Windows Commander, Total Commander, Far manager kabi qobiq-dasturlar Norton Commander dasturining asosiy ish tamoyillarini o‘zida saqlab qolgan.

2022-03-01 06:06:46 | ko'rishlar soni: 697 | Yuklab olindi: 235-marta

SMART Notebook dasturiy ta’minoti kompyuterda boshlang‘ich mahoratga ega bo‘lganlar tomonidan tezda o‘zlashtirilishi mumkin, bu shubhasiz ushbu dasturiy mahsulotning katta afzalligi hisoblanadi. SMART Notebook foydasiga yana bir dalil ofis ilovalari bilan oddiy integratsiyani o‘z ichiga olishi mumkin – barcha chizmalar rasm va grafik muharrirlar bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlaydigan matn muharrirlariga yanada ko‘proq foydalanish uchun Clipboard orqali osongina ko‘chirilishi mumkin.
SMART Notebook dasturi sizning SMART interaktiv doskasi bilan foydalanishingiz mumkin bo‘lgan dastur paketining bir qismidir.
SMART dasturiy mahsuloti quyidagilar uchun mo‘ljallangan: interaktiv ekranning tegishini aniqlash va har bir teginishni koordinatalarini yuborish, interaktiv ekran ulangan kompyuter haqida ma'lumot bilan birga; sichqonchani va raqamli siyoh tugmachalarini bosib ma'lumotlarni aylantirish; Barmoqlaringiz bilan (interaktiv doskalarda) yoki elektron qalam bilan (interaktiv displeylarda) ekranga tegish orqali kompyuterda muntazam harakatlarni amalga oshirish.
Bundan tashqari, ekranda raqamli siyoh bilan tuklar tepsisi (interaktiv doskalarda) yoki elektron qalam yordamida yozib olishingiz va chizishingiz mumkin, so‘ngra yozuvlarni saqlash yoki o‘chirib tashlash ham mumkin.

2022-03-01 05:57:00 | ko'rishlar soni: 769 | Yuklab olindi: 249-marta

O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risidagi” qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta'lim-tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishni huquqiy asoslari belgilab berilgan. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6-apreldagi 187-son qaroriga Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti orqali zamonaviy kompetensiyaviy yondashuv orqali darslarni tashkil etish va unga qo’yilayotgan zamonaviy yondashuvlar ko‘rsatib o‘tilgan.

2022-02-23 08:09:30 | ko'rishlar soni: 1420 | Yuklab olindi: 793-marta

Respublikamizning mustaqillikka erishganligi fizika ta’limida ham yangi – yangi o‘zgarishlar yasadi. Hozirgi kunda maktablarda fizika fanini o‘qitish mazmuni o‘zgarib, boyib bormoqda. Uni chuqur o‘rganish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Umumiy o‘rta – ta’lim maktablarida o‘tilayotgan darslar o‘quvchilarni hayotga mehnatga tayyorlashga qaratilgan. Buning uchun ta’lim jarayoni va ta’lim uslublarini amaliy mashg‘ulotlarning faoliyatlarini aktivlashtirish, olgan bilimlardan amalda ijodiy foydalanishga aloxida e’tibor berish zarur. Zamonaviy maktabning asosiy vazifalardan biri – o‘quvchilarni mehnatsevar, qilingan mehnatni qadrlaydigan qilib tarbiyalashdir.
Maktabdagi mehnatning asosiy turi o‘quv mehnatidir. Yangi fizik bilimlarni o‘rganish, kitob bilan ishlash, laboratoriya ishlarini bajarish, fizikadan olgan bilimlarini amaliyotga qo’llashda fizikadan masalalar yechish metodikasi muhim o’rin hisoblanadi.
Ushbu uslubiy ko’rsatmada fizika 8-sinf darsligidagi boblar va mashqlar yoritib berilgan bo’lib, uni kelajakda o’qituvchilar dars jarayonida foydalanishlari mumkin.

2022-02-23 08:00:15 | ko'rishlar soni: 9692 | Yuklab olindi: 9128-marta

Bugungi kunda biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lishiga, ularning bilimlarini qanday baholashni hamisha yodda tutishimiz kerak. Ularning bilimlarini reyting baholash usuli bilan baholash davomida biz ularni yoshiga va mavzusiga to`g`ri keladigan turli xildagi test nazorat topshiriqlarini tuzishimiz mumkin. O`quvchilarning bilimini nazorat qilish maqsadidda nazorat testlari o`tkaziladi. 5–9 sinf o‘quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risidagi “Nizom”da o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari joriy, oraliq, bosqichli va yakuniy nazoratdan o‘tkazilib aniqlanishi belgilangan. Joriy nazorat kundalik so‘rovlar shaklida o‘tkaziladi. Oraliq nazorat ma'lum bir bob (bo‘lim) tugaganidan so‘ng o‘tkaziladi. Uning o‘tkazilish vaqti va shakli taqvim-mavzu rejada belgilab beriladi. Ushbu uslubiy ko`rsatma fizika fanidan kompetensiyaviy yondoshuv asosidagi DTS asosida tuzildi. Unda 7 sinfda Fizika fani bo‘yicha o‘quv dasturi asosida o‘quvchilarning har bir dars oxirida o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalari, o‘tkaziladigan nazorat ishlari bo‘yicha namunaviy test topshiriqlari, amaliy mashg‘ulotlar namunalari keltirilgan. Uslubiy ko`rsatmada shuningdek nazorat test topshiriqlarining javob namunalari ham

2022-02-23 07:49:39 | ko'rishlar soni: 9446 | Yuklab olindi: 9060-marta

“Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ga ko‘ra mamlakatimizda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan yangi davlat ta’lim standartlarini joriy etilishi maktab o‘qituvchilari zimmasiga qator dolzarb vazifalarni qo‘ydi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarorida belgilangan vazifalar zamonaviy talablar asosida biologiya fanini ham boshqa fanlar kabi o‘z sir asrorini mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodga yetkazish yo‘lida o‘qituvchilar oldiga katta mas’uliyat yuklandi. Ta’lim mazmunini isloh qilib, uni jahon ta’lim standartlariga muvofiqlashtirishda ilg‘or pedagogik tehnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor berilgan. Hususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida “o‘quv jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash” zarurligi ham alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

2022-02-23 06:20:22 | ko'rishlar soni: 536 | Yuklab olindi: 294-marta