O'quv qo'llanmalar

 

Qobiq-dastur – operatsion sistema boshqaruvida ishga tushiriladigan va foydalanuvchiga shu operatsion sistema bilan ishlashga ko‘maklashadigan dasturdir. Eng birinchi ommalashgan qobiq-dasturlardan biri Norton Commander deb nomlanadi. Bu qobiq-dastur amerikalik mashhur dasturchi Piter Norton tomonidan ishlab chiqildi va juda tez ommalashib ketdi. Hozirgi kunda keng tarqalgan Windows Commander, Total Commander, Far manager kabi qobiq-dasturlar Norton Commander dasturining asosiy ish tamoyillarini o‘zida saqlab qolgan.

2022-03-01 06:06:46 | ko'rishlar soni: 825 | Yuklab olindi: 298-marta

SMART Notebook dasturiy ta’minoti kompyuterda boshlang‘ich mahoratga ega bo‘lganlar tomonidan tezda o‘zlashtirilishi mumkin, bu shubhasiz ushbu dasturiy mahsulotning katta afzalligi hisoblanadi. SMART Notebook foydasiga yana bir dalil ofis ilovalari bilan oddiy integratsiyani o‘z ichiga olishi mumkin – barcha chizmalar rasm va grafik muharrirlar bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlaydigan matn muharrirlariga yanada ko‘proq foydalanish uchun Clipboard orqali osongina ko‘chirilishi mumkin.
SMART Notebook dasturi sizning SMART interaktiv doskasi bilan foydalanishingiz mumkin bo‘lgan dastur paketining bir qismidir.
SMART dasturiy mahsuloti quyidagilar uchun mo‘ljallangan: interaktiv ekranning tegishini aniqlash va har bir teginishni koordinatalarini yuborish, interaktiv ekran ulangan kompyuter haqida ma'lumot bilan birga; sichqonchani va raqamli siyoh tugmachalarini bosib ma'lumotlarni aylantirish; Barmoqlaringiz bilan (interaktiv doskalarda) yoki elektron qalam bilan (interaktiv displeylarda) ekranga tegish orqali kompyuterda muntazam harakatlarni amalga oshirish.
Bundan tashqari, ekranda raqamli siyoh bilan tuklar tepsisi (interaktiv doskalarda) yoki elektron qalam yordamida yozib olishingiz va chizishingiz mumkin, so‘ngra yozuvlarni saqlash yoki o‘chirib tashlash ham mumkin.

2022-03-01 05:57:00 | ko'rishlar soni: 848 | Yuklab olindi: 281-marta

O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risidagi” qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta'lim-tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishni huquqiy asoslari belgilab berilgan. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6-apreldagi 187-son qaroriga Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti orqali zamonaviy kompetensiyaviy yondashuv orqali darslarni tashkil etish va unga qo’yilayotgan zamonaviy yondashuvlar ko‘rsatib o‘tilgan.

2022-02-23 08:09:30 | ko'rishlar soni: 1504 | Yuklab olindi: 818-marta

Respublikamizning mustaqillikka erishganligi fizika ta’limida ham yangi – yangi o‘zgarishlar yasadi. Hozirgi kunda maktablarda fizika fanini o‘qitish mazmuni o‘zgarib, boyib bormoqda. Uni chuqur o‘rganish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Umumiy o‘rta – ta’lim maktablarida o‘tilayotgan darslar o‘quvchilarni hayotga mehnatga tayyorlashga qaratilgan. Buning uchun ta’lim jarayoni va ta’lim uslublarini amaliy mashg‘ulotlarning faoliyatlarini aktivlashtirish, olgan bilimlardan amalda ijodiy foydalanishga aloxida e’tibor berish zarur. Zamonaviy maktabning asosiy vazifalardan biri – o‘quvchilarni mehnatsevar, qilingan mehnatni qadrlaydigan qilib tarbiyalashdir.
Maktabdagi mehnatning asosiy turi o‘quv mehnatidir. Yangi fizik bilimlarni o‘rganish, kitob bilan ishlash, laboratoriya ishlarini bajarish, fizikadan olgan bilimlarini amaliyotga qo’llashda fizikadan masalalar yechish metodikasi muhim o’rin hisoblanadi.
Ushbu uslubiy ko’rsatmada fizika 8-sinf darsligidagi boblar va mashqlar yoritib berilgan bo’lib, uni kelajakda o’qituvchilar dars jarayonida foydalanishlari mumkin.

2022-02-23 08:00:15 | ko'rishlar soni: 11285 | Yuklab olindi: 10570-marta

Bugungi kunda biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lishiga, ularning bilimlarini qanday baholashni hamisha yodda tutishimiz kerak. Ularning bilimlarini reyting baholash usuli bilan baholash davomida biz ularni yoshiga va mavzusiga to`g`ri keladigan turli xildagi test nazorat topshiriqlarini tuzishimiz mumkin. O`quvchilarning bilimini nazorat qilish maqsadidda nazorat testlari o`tkaziladi. 5–9 sinf o‘quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risidagi “Nizom”da o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari joriy, oraliq, bosqichli va yakuniy nazoratdan o‘tkazilib aniqlanishi belgilangan. Joriy nazorat kundalik so‘rovlar shaklida o‘tkaziladi. Oraliq nazorat ma'lum bir bob (bo‘lim) tugaganidan so‘ng o‘tkaziladi. Uning o‘tkazilish vaqti va shakli taqvim-mavzu rejada belgilab beriladi. Ushbu uslubiy ko`rsatma fizika fanidan kompetensiyaviy yondoshuv asosidagi DTS asosida tuzildi. Unda 7 sinfda Fizika fani bo‘yicha o‘quv dasturi asosida o‘quvchilarning har bir dars oxirida o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalari, o‘tkaziladigan nazorat ishlari bo‘yicha namunaviy test topshiriqlari, amaliy mashg‘ulotlar namunalari keltirilgan. Uslubiy ko`rsatmada shuningdek nazorat test topshiriqlarining javob namunalari ham

2022-02-23 07:49:39 | ko'rishlar soni: 11796 | Yuklab olindi: 11332-marta

“Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ga ko‘ra mamlakatimizda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan yangi davlat ta’lim standartlarini joriy etilishi maktab o‘qituvchilari zimmasiga qator dolzarb vazifalarni qo‘ydi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarorida belgilangan vazifalar zamonaviy talablar asosida biologiya fanini ham boshqa fanlar kabi o‘z sir asrorini mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodga yetkazish yo‘lida o‘qituvchilar oldiga katta mas’uliyat yuklandi. Ta’lim mazmunini isloh qilib, uni jahon ta’lim standartlariga muvofiqlashtirishda ilg‘or pedagogik tehnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor berilgan. Hususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida “o‘quv jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash” zarurligi ham alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

2022-02-23 06:20:22 | ko'rishlar soni: 619 | Yuklab olindi: 347-marta

Bugungi kunda biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishiga, ularning bilimlarini qanday baholashni hamisha yodda tutishimiz kerak. Ularning bilimlarini reyting baholash usuli bilan baholash davomida biz ularni yoshiga va mavzusiga to‘g`ri keladigan turli xildagi test nazorat topshiriqlarini tuzishimiz mumkin. O‘quvchilarning bilimini nazorat qilish maqsadidda nazorat topshiriqlari o‘tkaziladi. Shu sababli kam komplektli sinflarda ham biologiya fanidan o‘qitiladigan V–XI sinf o‘quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risidagi “Nizom”da o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari joriy, oraliq, bosqichli va yakuniy nazoratdan o‘tkazilib aniqlanishi belgilangan. Joriy nazorat kundalik so‘rovlar shaklida o‘tkaziladi. Oraliq nazorat ma'lum bir bob (bo‘lim) tugaganidan so‘ng o‘tkaziladi. Uning o‘tkazilish vaqti va shakli taqvim-mavzu rejada belgilab beriladi. Ushbu uslubiy ko‘rsatma DTS va biologiya o‘quv dasturi asosida tuzildi.
Unda VIII-sinflarda “Biologiya (Odam va uning salomatligi)” fani bo‘yicha uzviylashtirilgan o‘quv dasturi asosida tuzilgan taqvim-mavzu reja, o‘quvchilarning har bir dars oxirida o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalari, o‘tkaziladigan nazorat ishlari bo‘yicha namunaviy test topshiriqlari, biologik masalalarning namunalari keltirilgan.

2022-02-23 06:06:49 | ko'rishlar soni: 927 | Yuklab olindi: 513-marta

There are many books of activities for teaching English in the primary classroom, but this book is different. It is different because all the activities have been tried and tested by the very people who are going to use them, teachers like you. These teachers work in the most diverse contexts and conditions, sometimes with large classes, sometimes with very small groups, sometimes with every type of resource you could wish for, sometimes with only a board to support their teaching. However, they share a desire to help their students to learn English in an enjoyable way. We imagine you too share this desire and that is why you have picked this book. We hope you find the activities useful, engaging and fun too, and enjoy using them in your class. For each activity, we give the ages of the children it is suitable for and the time it takes. Both of these should be taken as guides only.Very often, the English level of the children is more important than their age to the success of the activity. In addition, the timing of the activity depends on the size of the class or how quick the children are to respond. You will always be the best judge of whether an activity is suitable for your class and how long it is likely to take. For many children, their only source of exposure to English will be you, the teacher.

2022-02-22 10:32:35 | ko'rishlar soni: 506 | Yuklab olindi: 213-marta

Dictation is the process of writing down what someone else has said. With young children, dictation offers a way for a parent or a teacher to record a child's thoughts or ideas when the writing demands surpass writing skills. Dictation provides a chance for an adult to model many writing behaviors including handwriting, matching sounds-to-letters to spell words, and sentence formation.

2022-02-19 04:41:49 | ko'rishlar soni: 1486 | Yuklab olindi: 393-marta

С изобретением компьютера человеческая жизнь очень существенно изменилась. Изменения коснулись также и образования. Процесс подготовки уроков в школах осуществляется с помощью информационных технологий. В наше время компьютерные технологии являются незаменимыми во время проведения занятий в школах, так как дают возможность оживить урок, вызвать интерес к предметам, способствуют улучшению качества обучения, увеличению доступности образования, обеспечению развития личности, ориентирующейся в информационном пространстве. Применение информационных технологий на уроках литературного чтения способствует совершенствованию практических умений и навыков, позволяет эффективнее организовать самостоятельную работу и индивидуализировать процесс обучения, повышает интерес к урокам словесности, активизирует познавательную деятельность учащихся и развивает творческий потенциал.

2022-02-19 04:37:23 | ko'rishlar soni: 871 | Yuklab olindi: 539-marta